Kontent qismiga oʻtish

Myao-yao tillari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Myao-yao tillari - Sharqiy Osiyodagi qarindosh tillarning kam oʻrganilgan guruhi; boshqa til guruhlari yoki oilalari bilan munosabatlari aniq emas. Ehtimol, M.-ya.t. alohida til oilasini tashkil qiladi. Soʻzlashuvchilar miqdori Xitoyda 7 mln.dan, Vyetnamda 1 mln.dan ortiq kishini tashkil etadi. Asosiy tarqalish mintaqasi — Xitoyning markazi va janubi; qisman Vyetnam, Laos, Tailand va Myanma (keyingi davlatdagi soʻzla-shuvchilarni asosan koʻchib kelgan aholi tashkil etadi). M.-ya.t.da myao, yao, she, gelao xalqdari soʻzlashadi, deb hisoblansada, bu isbotini topmagan.

M.-ya.t. boʻgʻinli (sillabik) tillarga mansub; morfemalar va sodda soʻzlar bir boʻgʻinlidir. Soʻzlarning gapdagi grammatik munosabatlari soʻz tartibi va yordamchi soʻzlar orqali ifodalanadi. Baʼzi hollarda myao va yao tillaridagi soʻz tartibi oʻzaro farqlanadi.

M.-ya.t. yaqingacha ham oʻz yozuviga ega boʻlmagan. 20-asr boshlarida missioner S. Pollard myao tilining bir lahjasi uchun belgilari bironbir alifboga asoslanmagan, oddiy geometrik shakllarga oʻxshash maxsus yozuv yaratgan. Hozirgi paytda Xitoydagi myao va yao hamda Vyetnamdagi myao tillari lotin alifbosi asosidagi yozuvga ega.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil