NEP

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

NEP (yangi iqtisodiy siyosat)— sovet [davlat]ining kapitalizmdan sotsializmga o'tish davrida amalga oshirgan iqtisodiy siyosati, sotsializm yo'lidagi muhim bosqich. Fuqarolar urushi davridagi iqtisodiy siyosatdan farq qilib, yangi deb atalgan. Bu  siyosatning asosini V.I.Lenin ishlab chiqdi. NEP kommunistik [partiya]ning 1921-yilda bo'lib o'tgan o'ninchi syezdida qabul qilingan. Bu siyosat iqtisodiyotning ko'p tarzli bo'lishini e‘tirof etdi, erkin tijorat va xususiy mulkni qonunlashtirdi. Konsessiyalar berish vositasida xorijiy sarmoyaning mamlakatga kirish yoʻli ochildi. Mayda tijoratchilarning katta armiyasi paydo boʻldi. [Million]lab kosiblar mamlakat iste‘mol mollarining toʻrtdan uch qismini ishlab chiqara boshladi. Natijada ishchi va dehqonlar turmushi yaxshilandi, dastlabki jiddiy ijtimoiy tadbirlar hayotga joriy etildi. Ya.i.s. xoʻjalikni rivojlantirish muammosini yarim-yorti hal qilardi. Sovet hokimiyati barcha yirik sanoat, transport, banklar, tashqi savdo, yerni oʻz qoʻliga olib, xususiy sarmoyani chekladi va tartibga soldi, jamoaviy sektorni oʻstirish va mustahkamlashga zoʻr berdi. Ammo bu jarayonlar uzoq davom etmadi. Sovet hukumati vaqtinchalik chora sifatida qoʻllagan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. B. T. Ataxanov, M. B. Isabayev FUQAROLIK JAMIYATI FANIDAN ATAMALAR LUGʻATI kitobidan.