Kontent qismiga oʻtish

Naʼmatakli shoʻrva

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Naʼmatakli shoʻrva, nyuponsoppa (shved. nyponsoppa — naʼmatak mevalaridan tayyorlanadigan anʼanaviy shved taomi. Ichimlik sifatida yoki quruq sut, qaymoq yoki vanilli muzqaymoq, bodomli pechenye, yorma bilan birga desert sifatida dasturxonga tortiladi[1]. Agar shoʻrva toʻlaqonli ovqat sifatida beriladigan boʻlsa, uning mevasi kamroq va suvi koʻproq boʻladi. Baʼzida shoʻrvani shved kulchasi bilan isteʼmol qilishadi. Tarkibidagi polivitaminlar miqdori koʻpligi hisobiga shamollashni davolovchi vosita sifatida ham ishlatiladi.

Naʼmatak mahsulotlari milliy oshxonalarning aksariyatidan oʻrin olgan. Shved taomlari uchun oʻsimlikning eng yaxshisi — Rosa rugosa (ajinli naʼmatak) navining yirik mevalari hisoblanadi, ammo taomlar uchun Rosa kanina (it naʼmatagi) va Rosa dumalis (oʻrmon naʼmatagi) navlarining kichikroq mevalari ham ishlatiladi. Taom tayyorlash uchun zarur boʻlgan mevalar oʻsimlik butasidagi yaproqlar toʻkilganidan keyin keyin pishib yetiladi. Mevalar birinchi ayozdan keyin, toʻliq pishib yetilgan va qizargan vaqtda yigʻib olinadi, keyin esa quritiladi[2][3].

Ichimlik koʻrinishidagi nyuponsoppa

Nyuponsoppa odatda quritilgan naʼmatak mevalari, suv, kartoshka uni (quyuqlashtiruvchi sifatida) va shakar bilan bilan tayyorlanadi. Mevalar bir kechaga suvga solib qoʻyiladi va urugʻlari olib tashlanadi. Yumshoq boʻlguncha qaynatiladi, soʻngra mikser yordamida pyure holatiga keltiriladi. Hosil boʻlgan aralashma gʻalvirdan oʻtkaziladi va kartoshka uni yordamida quyuqlashtiriladi[4]. Asosiy retsept tarkibida sut yoki qaymoq mavjud emas, ammo nisbatan quyuqroq massa hosil qilish uchun ulardan foydalanish mumkin. Shoʻrvani likopcha, kosa yoki stakanda ham issiq, ham sovuq holda isteʼmol qilish mumkin.

Naʼmatak shoʻrvasi tarkibida multivitaminlar koʻp boʻlganligi sababli shamollashga qarshi vosita sifatida isteʼmol qilinadi . Shvetsiya doʻkonlarida naʼmatak shoʻrvasi tayyor holatda ham, suv bilan aralashtirilib isteʼmol qilinadigan kukun koʻrinishidagi yarim tayyor mahsulot sifatida ham sotiladi.

Arman oshxonasida aynan shunga oʻxshash boʻlgan masramatsun (armancha: մասրամածունը) taomi mavjud[5].

  1. „So wird man Hagebutten-Härchen los“ (de). Impressum k.at. (2020-yil 12-oktyabr). 2020-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-oktyabr.
  2. Kalf-Hansen, Sundgren 2016.
  3. „Rosehip soup (Nyponsoppa)“ (en). www.swedishfood.com. 2020-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-oktyabr.
  4. Гранквист, Сванберг 2006.
  5. „Традиционный, но экзотичный: туристы в восторге от странного армянского супа в Лори“. Sputnik Армения. 2020-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-oktyabr.
  • Гранквист, Карл Ян; Сванберг, Лена Катарина.. Суп из шиповника // Классические рецепты шведской кухни. Хельсингборг: LJ Boktryck AB, 2006 — 42-bet. ISBN 978-9152009161. 
  • Kalf-Hansen, Rune; Sundgren, Lisen.. Det vilda köket. Bonnier Fakta, 2016. ISBN 978-91-7424-636-0.