Naberejnaya minorasi
Naberejnaya minorasi | |
---|---|
"A" minorasi, "B" minorasi va "C" minorasidan iborat | |
Umumiy maʼlumot | |
Turi | Kompleks |
Manzili | Moskva siti |
Shahar | Moskva |
Mamlakat | Rossiya |
Foydalanilishi | ofislar |
Qurilishi boshlangan |
"A" minorasi 2003-2004 "B" minorasi 2004-2005 "C" minorasi 2005-2007 |
Balandligi | |
Tomi |
"A" minorasi 85 m „B“ minorasi 127 m „C“ minorasi 268 m |
Texnik holati | |
Qavatlar soni |
"A" minorasi 2003-2004 „B“ minorasi 2004-2005 „C“ minorasi 2005-2007 |
Binoning ichki maydoni | 254 000 kv.m. |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor | RTKL Associates |
Quruvchi | Enka |
Naberejnaya minorasi |
Naberejnaya minorasi — Moskva xalqaro biznes markazining 10-hududidagi uchga boʻlingan turli balandlikdagi binolar majmuasi.
2004-yil 11-oktabrda 17 qavatli minora[1], 2005-yil oktabr oyida 27 qavatli minora[2] foydalanishga topshirildi. 59 qavatli eng baland uchinchi minoraning qurilishi 2005-yil yanvar oyida boshlangan va 2007-yil 9-noyabrda yakunlangan. 2009-yilda Capital City majmuasi qurilishi tugaguniga qadar Naberejnaya minorasi Evropadagi eng baland bino boʻlgan[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2003-yilning yozida Enka korxonasi arxitektorlar Inan Vehbi va Ostürk Oljay[4] tomonidan loyihalashtirilgan majmuaning birinchi bosqichini qurishni boshladi. Umumiy maydoni 39,8 ming m2 boʻlgan „Naberejnaya minoralari“ bloki 2004-yil 11-oktabrda ochilgan. Naberejnaya minorasining loyihasini uch bosqichga boʻlish orqali Enka qurilishni erta boshlashga muvaffaq boʻldi va eng qiyin koʻp qavatli qismni tasdiqlashni keyinga qoldirdi. Natijada, 17 qavatli bino daryoning narigi tomonida joylashgan „Tower 2000“ ni hisobga olmaganda, Moskva sitida qurilgan birinchi bino boʻldi[5][1]. Talab tufayli ishlab chiqaruvchi ob’ektni ishga tushirishdan 4 oy oldin barcha ofis maydonini topshirishga muvaffaq boʻldi[6].
2005-yil oktabr oyida ijaraga olingan maydoni 29,2 ming m2 boʻlgan 27 qavatli blok foydalanishga topshirildi[7]. 2007-yil boshiga kelib, Naberejnaya minorasi hali ham shahardagi yagona operatsion majmua boʻlganida, 40 ga yaqin kompaniya ikkita binoda ofislarini ijaraga oldi, jumladan Alcoa, Citibank, IBM, GE, KPMG, Lucent Technologies, Procter & Gamble. Biroq, ijarachilar qurilayotgan binoning rivojlanmagan infratuzilmasi va 4 darajali er osti avtoturargohida 7000 kishi uchun atigi 1200 ta mashinalar joyi mavjudligi bilan duch kelishdi[2].
C blokining qurilishi 2005-yil yanvar oyida boshlangan va 2007-yilning oxirgi choragida yakunlangan. 59 qavatli minora Moskva Triumf saroyidan 4 metr balandroq boʻlib , Rossiya va Yevropadagi eng baland binosiga aylandi. Bino 1,1 ming m2 savdo maydoni va 108 ming m2 ijaraga olingan maydonni oʻz ichiga oladi[3].
Oʻzining ishlab chiqarish bazasiga ega boʻlgan Enka katta hajmdagi kreditlarga muhtoj emas edi va oʻz mablagʻlari hisobiga qurilish ish ishlaribni olib boradi[8][9]. Jami sarmoya 200 million AQSh dollarga baholanmoqda[5]. Moliyaviy inqiroz boshlanishiga kelib, majmuadagi deyarli barcha maydonlar allaqachon ishga tushirilgan edi[8].
Transportning qulayligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Binoga yaqin 4-liniyaning „Vistovochnaya“, „Mejdunarodnaya“ va 11-liniyaning „Delovoy sentr“ merto bekatlari joylashgan. Shunindek bipo yonidan 3-chi transport halqa yoli oʻtadi.
Moskva sitidagi binolar bilan taqqoslama
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qurilishning jarayoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
2006-yil 19-dekabr
-
2007-yil 30-yanvar
-
2008-yil 16-may
-
2006-yil 20-iyun (C minorasi qurilishi)
-
2008-yil 16-may
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Татьяна Рютина. „В «Сити» сдан первый дом“. Ведомости (2004-yil 12-oktyabr). 2018-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-mart.
- ↑ 2,0 2,1 Дмитрий Людмирский, Юлия Говорун. „Пешеходный «Сити»“. Ведомости (2007-yil 26-mart). 2017-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 3,0 3,1 „Третий брат одной башни“. CRE.ru (2008-yil 16-iyun). 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-mart.
- ↑ „Информация о «Башне на Набережной»“. Управляющая компания «Сити». 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-mart.
- ↑ 5,0 5,1 Ирина Бегимбетова. „Башенные деньги“. Коммерсантъ (2016-yil 10-oktyabr). 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-mart.
- ↑ Шарль Буде. „Точка зрения: Город в городе“. Ведомости (2008-yil 29-sentyabr). 2018-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-mart.
- ↑ „«Башня на Набережной»: начало положено“. CRE.ru (2005-yil 1-fevral). 2017-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-mart.
- ↑ 8,0 8,1 Никита Аронов. „На смену“. Коммерсантъ (2008-yil 5-noyabr). 2017-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-mart.
- ↑ Екатерина Геращенко. „«Нафта Москва» собирает на Eurasia Tower“. Коммерсантъ (2012-yil 26-iyul). 2017-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-mart.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Shahar“ PJSC boshqaruv kompaniyasi veb-saytidagi osmonoʻpar bino sahifasi (Wayback Machine saytida 2017-03-25 sanasida arxivlangan)
- Rasmiy sayti
- VikiOmborda Naberejnaya minorasi mavzusi boʻyicha mediafayllar bor