Kontent qismiga oʻtish

Nabijon Hasanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hasanov Nabijon Azimovich
Tavalludi 1913
Vafoti 1972-yil 28-avgust
Toshkent, OʻzSSR
Taʼlimi Oʻzbekiston konservatoriyasi (1951)
Kasbi bastakor, sozanda
Dini Islom
Mashhur ishlari
  • Sallamno
  • Aylanay
  • Jafo qilma
  • Ona Samarqand
  • Gilos
Unvoni

Nabijon Azimovich Hasanov (1913, Samarqand – 1972.28.8, Toshkent) – oʻzbek bastakori va sozandasi (gʻijjak), Oʻzbekiston xalq artisti (1967)[1]. Dastlab, Tolib Sodiqovdan nay va gʻijjak chalishni, oʻrgangan. Andijon teatrida sozanda (1927—29), Samarqand teatrida sozanda (1930—32), musiqa rahbari (1932-35, 1938—39) va bosh dirijyor (1945—47), Oʻzbek davlat musiqali teatri (1936—37), Navoiy teatri xalq cholgʻu asboblari ansambli (1939—44)da musiqa rahbari, Oʻzbekiston radioqoʻmitasi xalq cholgʻu asboblari orkestrida konsertmeyster (1947—52, 1957—72), Oʻzbekiston davlat estradasi ashula va raqs ansamblida sozanda va badiiy rahbar (1952—55). H. „Gʻunchalar“ (Tolib Sodiqov bilan), „Oʻzbekiston qilichi“ (Mutavakkil Burhonov, Toʻxtasin Jalilov va boshqalar bilan) kabi asarlarning mualliflaridan. Bastakorning isteʼdodi koʻproq ashula va qoʻshiqlarda namoyon boʻldi. Ayniqsa uning „Sallamno“, „Koʻrdim“, „Aylanay“, „Jafo qilma“ ashulalari, „Jona-jon oʻlkam“, „Ona Samarqand“, „Gilos“ kabi ommaviy va „Intizor“, „Gulchehralar“, „Charos“ kabi lirik qoʻshiqlari, yalla namunalari („Baxt yallasi“, „Yayra, goʻzal“ va hokazo) mashhur. Ayrim („Sallamno“ va boshqalar) asarlari „Nola“ kabi estrada guruhlari tomonidan yangicha talqin topgan.

Nabijon Hasanov 1950-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni bilan, 1967-yilda esa „Oʻzbekiston xalq artisti“ unvoni bilan taqdirlangan.

  1. „НАБИЖОН ҲАСАНОВ“. ЎЗБЕКИСТОН КОМПОЗИТОРЛАРИ ВА БАСТАКОРЛАРИ УЮШМАСИ. Qaraldi: 22-dekabr 2024-yil.