Nadifa Muhammad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nadifa Muhammad (arab. نظيفة محمد‎, 1981, Hargeisa) — somali-ingliz yozuvchisi. 2013-yilda Granta jurnalining „Eng yaxshi britaniyalik yosh romanchilar“ roʻyxatida va 2014-yilda Afrika adabiyotidagi kelajak tendentsiyalarini aniqlash uchun salohiyati va iqtidori boʻlgan 40 yoshdan kichik yozuvchilarning Afrika39 roʻyxatida oʻrin olgan[1]. 2021-yilgi „The Fortune Men“ romani 2021-yilgi „Buker mukofoti“ uchun qisqa ro‘yxatga kiritildi va bu sharafga sazovor bo‘lgan birinchi britaniyalik somali yozuvchisi bo‘ldi[2]. Shuningdek, 2021 yilgacha Royal Holloway, London Universiteti ingliz tili kafedrasida Creative Writing boʻyicha oʻqituvchi boʻlgan[3].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad 1981-yilda Somalilandning Hargeisa shahrida tug‘ilgan. Uning otasi savdo flotida dengizchi, onasi esa mahalliy uy bekasi edi. 1986-yilda oilasi bilan vaqtinchalik yashash uchun Londonga koʻchib oʻtdi. Biroq koʻp oʻtmay Somalida fuqarolar urushi boshlandi, shuning uchun ular Buyuk Britaniyada qolishdi.

Keyinroq Muhammad Oksford universitetiga o‘qishga kirdi va u yerda tarix va siyosat bo‘yicha tahsil oldi. 2008-yilda Xargeisaga oʻn yildan koʻproq vaqt ichida birinchi marta tashrif buyurdi.

Romanlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Black Mamba Boy — Nadifa Mohamed on YouTube.

Nadifa Mohamed on Somali Writers, Asymptote.

Nadifa Mohamed: The Granta Podcast, Ep. 71, Granta, 22 May 2013.

interview to Guardian

Nadifa Mohamed

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Spotlight: Nadifa Mohamed“, Africa39.
  2. „The Fortune Men“. thebookerprizes.com. Retrieved 22 September 2021.
  3. „'A community of creative writers' — Nadifa Mohamed, English | Royal Holloway, University of London“. Royal Holloway. 6 January 2020. Archived from the original on 21 December 2021. Retrieved 23 June 2021 — via YouTube.