Nafisa Sodiqova
Sodiqova Nafisa | |
---|---|
Tavalludi |
1930 Toshkent, O'zbekiston SSR |
Vafoti |
2015 Toshkent |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Sohasi | Tarix, muzeyshunoslik, etnografiya |
Mukofotlari | „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“, „Mehnat shuhrati“ ordeni(2000) |
Turmush oʻrtogʻi | Ubaydulla Karimov |
Nafisa Sodiqovna Sodiqova — taniqli oʻzbekistonlik olima.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, tarix fanlari doktori N. S. Sodiqova 1930-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1949-yilda Toshkent pedagogika institutining tarix fakultetini tamomlagan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti aspiranti (1950-1953). FA Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyining (hozirgi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi) katta ilmiy xodimi, boʻlim mudiri (1954-1959), 1960- 1985 yy. direktor lavozimida ishlab kelgan. Nafisa Sodiqova „Sovet Oʻzbekistonida muzeyshunoslik ishining vujudga kelishi va taraqqiyoti tarixi (1917-1973)“ mavzuida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Mustaqillik yillarida N.Sodiqova Oʻzbekistonda muzeyshunoslik ishini rivojlantirishdagi koʻp yillik xizmatlari va jamoatchilik faoliyatlari uchun „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan (2000)[1].
Asosiy nashr qilgan ilmiy ishlari:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Muzeynoe delo v Uzbekistane, 1975. — 289 s.
- Sodiqova. N.Madaniy yodgorliklar xazinasi. Toshkent."Fan". 1981. 272 bet.
- Sadikova N., Levteeva L., Sultonova N., Tursunaliev K. Kustarnie promisli v bitu narodov Uzbekistana XIX — XX vekov. T.: Fan, 1986. 163 s.
- Oʻzbek milliy kiyimlari XIX-XX asrlar, 2001. — 302 s.
- Oʻzbek milliy kiyimlari XIX-XX asrlar, 2003. −159 s.
- Oʻzbek milliy kiyimlari XIX-XX asrlar, 2006. — 191 s.
- Natsionalnaya odejda Uzbekov XIX-XX vv. Tashkenta i Fergani, 2006. — 32 s.
- Natsionalnaya odejda Uzbekov XIX-XX vv. Buxari i Samarkanda, 2006. — 32 s.
- Natsionalnaya odejda Uzbekov XIX-XX vv. Xorezma, 2007. — 34 s.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Р.Ҳ.Муртазаева.Ўзбекистон тарихчилари. I жилд (биобиблиографик маълумотнома). Т.: «Fan va tehnologiya», 2012, 246 бет.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ R. H. Murtazaeva. Oʻzbekiston tarixchilari. I jild (biobibliografik maʼlumotnoma). T.: „Fan va tehnologiya“, 2012, 182 bet
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |