Kontent qismiga oʻtish

Najmiddin Jalolov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Najmiddin Jalolov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1972-yil 1-aprel
Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Andijon viloyati, Xartum
Vafoti 2009-yil 14-sentyabr (37 yoshida)
Pokiston

Najmiddin Jalolov (ruscha: Наджмуддин Камолитдинович Джалолов; Nadjmuddin Kamolitdinovich Djalolov; Abu Yahyo Muhammad Fotih; 1972-yil 1-aprel – 2009-yil 14-sentyabr) – Markaziy Osiyoda faoliyat olib boruvchi „Al-Qoida“ bilan bogʻliq „Jamoat al-Jihod al-Islomiy“ jangari tashkiloti rahbari. Ushbu guruh Rossiya va Gʻarbiy Yevropada ham oʻz hujumlarini uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilingan[1].

Yoshlik davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Najmiddin Jalolov Oʻzbekiston SSRning Andijon viloyati Xartum shahrida tavallud topgan. Al-Qoida lagerlarida minalar va portlovchi moddalar bilan ishlashda tayyorgarlikdan oʻtgan. Shuningdek, „Tolibon“ tomonidan Afgʻoniston va Pokistonda olib borilgan operatsiyalarda ham ishtirok etgan[2].

Terrorchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Najmiddin Jalolov „Al-Qoida“ga aloqador Oʻzbekiston islomiy harakatining (OʻIH) sobiq aʼzosi boʻlgan. 2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasi sudlari tomonidan sirtdan (jinoyat ishi koʻrilayotgan paytda ayblanuvchi shaxs sudda boʻlmaydi) terrorchilikda aybdor deb topilgan[3]. Jalolov 2000-yillarda Oʻzbekiston islomiy harakatini tark etgan va Islomiy Jihod Ittifoqida qatnashgan[2].

Amerika Qoʻshma Shtatlari Moliya vazirligining maʼlumotlariga koʻra, Najmiddin Jalolov 2007-yilning sentyabr oyida Germaniyaning bir nechta hududlariga hujum uyushtirish rejasida guruh rahbari hisoblangan. 2006-yilda Markaziy Osiyodagi terroristik nishonlarni, xususan, gʻarbdan tashrif buyurgan mehmonlarga xizmat koʻrsatadigan mehmonxonalarni yoʻq qilish ishlariga rahbarlik qilgan[4].

Najmiddin Jalolov „Tolibon“ yetakchisi Muhammad Umar, uygʻur jangarisi Abu Muhammad va „Al-Qoida“ yetakchisi Usoma bin Lodin bilan bogʻlangan. Shuningdek, 2004-yilda esa Toshkentdagi AQSh hamda Isroil elchixonasiga hujum uyushtirish uchun buyruq bergan[2].

Jalolov 2009-yil 14-sentyabrda Pokistonda AQShning Predator dron hujumi natijasida oʻldirilgan[5].

  1. „Drone Attacks Target Pakistan Militants“. wsj.com. Qaraldi: 2009-yil 17-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 Sandee. „The Islamic Jihad Union (IJU)“. NEFA Foundation (2008-yil 14-oktyabr). 2012-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-iyul.
  3. Central Asiaʼs Security: Issues and Implications for U. S. Interests (Wayback Machine saytida 2006-09-08 sanasida arxivlangan) CRS Report for Congress
  4. „Drone Attacks Target Pakistan Militants“. wsj.com. Qaraldi: 2009-yil 17-sentyabr.
  5. „U.S.: CIA Drone Kills 2 Al Qaeda Commanders“. Fox News (2009-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 7-iyul.