Kontent qismiga oʻtish

Najot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Najot
„Musovvat, hurriyat, adolat“
Turi siyosiy, adabiy, ijtimoiy gazeta
Kimga tegishli Turkiston musulmonlari Markaziy shoʻrosi
Noshir Turkiston muvaqqat hukumati
Asos solingan 1917-yil 23-mart
Bosh muharrir Munavvar Qori Abdurashidxonov
Siyosiyligi liberal-demokratik, progressiv
Tili oʻzbekcha
Nashrning toʻxtatilishi 1917-yil iyun
Bosh ofisi Toshkent

"NAJOT" — jadidlar gazetasi. Turkistondagi oʻzbek jadid matbuotining nodir nashrlaridan biri. Rossiyadagi 1917-yil fevral inqilobidan soʻng Turkiston oʻlkasida oʻrnatilgan muvaqqat hukumat tomonidan nashr etilgan. Jami 20 soni chiqqan. Muharriri Munavvarqori boʻlgan. "Najot" fevral inqilobi tufayli barham topgan mustabid chor tuzumini keskin tanqid qilgan, fevral inqilobiga xayrixoxdik bildirgan, Turkiston xalqlarini, qaysi millatga mansublikdan qatʼi nazar, jipslashishga, sinfiy ayirmaga bormaslikka, mustaqil davlat barpo qilishga daʼvat etgan. Najotda davrning koʻzga koʻringan qalamkashlaridan Kamiy (shoir), Mahmudxoʻja Behbudiy, Xolmuhammad Oxundiy, Mirmulla Shermuhamedov, Mirmuhsin Shermuhamedov, Abdulla Avloniy, Toʻlagan Xoʻjamiyorov (Tavallo), Laziz Azizzoda, Abdulla Qodiriy, Shokirjon Rahimiy, Rauf Muzaffarov va boshqa hamkorlik qilganlar.

  • Ziyo Said, Oʻzbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar (1870—1927); Tanlangan asarlar, T., 1974; Pidayev T., Matbuot — millat chirogʻi, T., 1999.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil