Kontent qismiga oʻtish

Nallı masjidi

Koordinatalari: 41°00′45″N 28°58′32″E / 41.01250°N 28.97556°E / 41.01250; 28.97556
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Nallı masjidi
turkcha: Nallı Mescit
Nallı masjidi
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Fotih tumani, Cağaloğlu kvartali
Koordinatalar 41°00′45″N 28°58′32″E / 41.01250°N 28.97556°E / 41.01250; 28.97556
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Usmonli meʼmorchiligi
Binokorlik sanasi 1869 yil
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Holati amaldagi

Nallı masjidi (turkcha: Nallı Mescit) – Imom Ali Mescidi yoki Babıali Mescidi nomi bilan ham tanilgan, XIX asr oxirida bunyod etilgan kichik masjid. Bino Turkiyaning Istanbul shahri, Fotih tumani, Cağaloğlu kvartalidagi Anqara koʻchasida joylashgan.

Masjid XV asrda Usmonli imperiyasi sultoni Mehmed II Fotih (hukmronligi: 1444–1446, 1451–1481) davrida diniy olim, shoir va tasavvuf avliyosi Akşemseddinning (1389–1459) qarindoshi Imom Ali afandi tomonidan qurdirilgan. Imom Ali afandining qabri Jevdet posho kutubxonasi binosining orqa tomonida joylashgan. Mustafo Izzet afandi tomonidan yozilgan xattotlik yozuvlariga koʻra, masjid 1869-yilda qayta qurilgan. Sami afandi tomonidan ishlangan yozuvlarga koʻra esa binoning 1902-yilda qayta tiklangani aytilgan.

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid eklektik meʼmoriy uslubda yaratilgan boʻlib, odatda, Hindiston va Eron meʼmorchiligida uchratish mumkin boʻlgan baʼzi detallardan foydalanilgan. Bugungi kunda inshoot qizil va oq rangga boʻyalgan, binoning asl rangi esa sariq va och jigarrang rangda boʻlgan. Masjidning oʻlchami 8.50 m × 8.50 m (27.9 ft × 27.9 ft). Sakkiz qirrali ustunning tepa qismi gumbaz bilan qoplangan. Masjidning yagona minorasi toshdan qurilgan, shuningdek, binoning bitta balkoni ham mavjud.

Masjid minorasida topilgan taqa binoning „Nallı“ (soʻzma-soʻz: taqa) deya nomlanishiga sabab boʻlgan[1].

  1. „Cağaloğlu Nallı Mescit“ (tr). TAS İstanbul. Qaraldi: 2019-yil 4-iyul.