Namangan adirlari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Namangan adirlari - Namangan viloyatidagi adirlar. Namangan shahridan shim.da, jan.-gʻarbiy yoʻnalishda joylashgan. Uzunligi 35–40 km, eni 8–10 km. Adirlar pliotsen — quyi toʻrtlamchi davrning qoʻngʻir alevrolitlaridan tu-zilgan, ularga kichik qatlam holda gravelit va konglomeratlar aralashgan. Namangan adirlari meridianal yoʻnalishda oqadigan soy (Chortoqsoy, Pochchaotasoy, Namangan-soy, Kosonsoy va boshqalar)lar oʻzani bilan boʻlingan. Chekkalari atrofidagi tekisliklarga sekin-asta qoʻshilib ketgan. Bir oz tikroq yon bagʻirlarida tub jinslar yuzasi ochilib krlgan. Tuproqlari yuvilgan, dagʻal skeletli, yupqaroq, gumus miqdori 0,5—1,0%. Oddiy boʻz tuproklarda rang, qoʻngʻirbosh, efemeroidlar keng tarqalgan. Yaylov chorvachiligida foydalaniladi. Keyingi vaqtlarda adirli yerlar oʻzlashtirilishi munosabati bilan tuproqlarning shoʻrlanishi, eroziya, yon bagʻirlarining oʻpirilishi kabi jarayonlarning rivojlanishi kuzatilmoqda.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |