Kontent qismiga oʻtish

Namangan davlat universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Namangan universitetidan yoʻnaltirildi)
Namangan State University
Namangan davlat universiteti

Namangan davlat universitetining kirish darvozasi
Xalqaro nomi
Namangan State University
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 1942-yil
Rektori Sobitxon Turgʻunov Toshpoʻlatovich
Fakultetlar 10 ta
Talabalari 15 132
Bakalavriat 71 ta
Magistratura 27 ta
Doktorantura 247 ta
Oʻqituvchilari 680
Manzili
Namangan viloyati, Namangan shaxri, Boburshox koʻchasi 161 uy
Veb-sayti www.namdu.uz

Namangan davlat universiteti – 1941-yilda pedagogika bilim yurti sifatida tashkil topgan boʻlib, 1942-yilda universitet maqomini olgan. Bu universitet kadrlar tayyorlashda eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan, yuqori salohiyatga ega Oʻzbekistonning eng yaxshi oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Bu universitet katta imkoniyatlarga ega maskan boʻlib, klassik universitet uchun anʼanaviy boʻlgan gumanitar va tabiiy-ilmiy yoʻnalishlar bilan bir qatorda mehnat bozorida yuqori talabga ega mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda. Bitiruvchilarning professional imkoniyatlari kengayishiga mustahkam poydevor boʻlishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan[1].

Universitetda talabalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan: oʻquv binolari, kerakli jihozlar bilan taʼminlangan shinam auditoriyalar, laboratoriyalar xonalari, qulay sharoitlarga ega talablar turar joyi, sport-sogʻlomlashtirish majmuasi.

Universitetda chet el OTM bilan muvaffaqiyatli hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. Professor-oʻqituvchi va talabalar nufuzli xorijiy oliy oʻquv yurtlariga malaka oshirish va amaliyotlarga yoʻnaltirilmoqda.

Oxirgi yillar ichida universitetning ilmiy salohiyatini saqlab qolish, balki uning darajasini oshirishga erishildi. Mintaqadagi bizness-hamjamiyat va yirik korxonalar – universitetning yaqin hamkorlaridir.

OTM eng yaxshi koʻrsatgichlari bu sifatli tayyorlangan bitiruvchilaridir. Bitiruvchilar orasida jahon miqyosidagi olimlar, taniqli sportchilar, yirik korxona rahbarlari mavjud. Bugungi kunda yoshlar uchun muhim narsa bu ularning istiqbolli kelajagini taʼminlay oladigan oliy taʼlim muassasasida oʻqishdir. Namangan davlat universiteti ana shunday maskandir.

Universitetning professor – oʻqituvchilari tarkibi xalqaro standartlarga javob beradigan mutaxassislardan iborat.

Turgʻunov Sobitxon Toshpoʻlatovich – Namangan davlat universiteti rektori, Pedagogika fanlari doktori, professor.

Dexkanov Narimon Burxonjonovich – Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor, siyosiy fanlar doktori, professor.

Xolmatov Dilshod Sattorjonovich – Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, kimyo fanlari boʻyicha falsafa doktori(PhD).

Imomov Rustam Narzullayevich – Moliya va iqtisod ishlari boʻyicha prorektor, Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori(PhD).

Rasulov Aʼzamjon Avazjonovich – Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor, texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent.

Universitetdagi fakultetlar:

  1. Fizika-matematika fakulteti
  2. Tabiiy fanlar fakulteti
  3. Pedagogika fakulteti
  4. Filologiya fakulteti
  5. Jahon tillari fakulteti
  6. Yurudik fakulteti
  7. Ijtimoiy fanlar fakulteti
  8. Iqtisodiyot fakulteti
  9. Biotexnologiya fakulteti
  10. Tibbiyot fakulteti

Universitetdagi kafedralari:

  1. Matematik analiz kafedrasi
  2. Oliy matematika kafedrasi
  3. Informatika kafedrasi
  4. Fizika kafedrasi
  5. Noorganik kimyo kafedrasi
  6. Organik kimyo kafedrasi
  7. Geografiya kafedrasi
  8. Ekologiya kafedrasi
  9. Pedagogika tarixi va nazariyasi kafedrasi
  10. Psixologiya kafedrasi
  11. Taʼlim menejmenti kafedrasi
  12. Maktabgacha taʼlim metodikasi kafedrasi
  13. Boshlangʻich taʼlimda ijtimoiy gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi kafedrasi
  14. Boshlangʻich taʼlimda aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi kafedrasi
  15. Fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasi
  16. Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi
  17. Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi
  18. Rus tilshunosligi kafedrasi
  19. Rus tili adabiyoti kafedrasi
  20. Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi
  21. Ingliz tili oʻqitish metodikasi kafedrasi
  22. Nemis va fransuz tillari kafedrasi
  23. Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi
  24. Ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishlar boʻyicha chet tillar kafedrasi
  25. Aniq va tabiiy yoʻnalishlar boʻyicha chet tillar kafedrasi
  26. Davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi
  27. Milliy gʻoya va huquq taʼlimi kafedrasi
  28. Tarix kafedrasi
  29. Arxeologiya kafedrasi
  30. Arxivshunoslik kafedrasi
  31. Ijtimoiy fanlar kafedrasi
  32. Jismoniy madaniyat kafedrasi
  33. Sport faoliyati kafedrasi
  34. Tasviriy sanʼat va muxandislik grafikasi kafedrasi
  35. Amaliy sanʼat va rang tasvir kafedrasi
  36. Texnologik taʼlim kafedrasi
  37. Xayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi
  38. Iqtisodiyot kafedrasi
  39. Menejment kafedrasi
  40. Biologiya kafedrasi
  41. Biotexnologiya kafedrasi
  42. Fiziologiya kafedrasi
  43. Musiqa taʼlimi kafedrasi
  44. Madaniyatshunoslik kafedrasi
  45. Tibbiyot kafedrasi

Litsey va internatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Namangan Davlat Universiteti Akademik Litseyi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akademik litseyda texnika, iqtisod, tabiiy fanlar, tarix, xorijiy filologiya fanlari boʻyicha chuqurlashtirilgan bilim beriladi.

Qoʻshma taʼlim dasturlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitetda 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab A.Gersin nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma dastur asosida quyidagi bakalavriat yoʻnalishlarida mutaxassislar tayyorlanmoqda:

  • 5111300 – Rus tili va adabiyoti (NamDU)
  • 45.03.03-Xorijiy til va madaniyat oʻqitish metodikasi va nazariyasi (RDPU)
  • 5140200-Fizika (NamDU)
  • 44.03.04-Fizika (RGPU)
  • 5130200-Amaliy matematika va informatika (NamDU)
  • 44.03.01-Informatika va informatsion texnologiyalar (RGPU)

Universitet A.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikni kengaytirib, quyidagi bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutahassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlamoqda:

Bakalavriatura

  • 44.03.02.-Psoxologik-pedagogik taʼlim (RDPU)
  • 44.03.03.-Maxsus defektologik taʼlim (RDPU)

2019-2020-oʻquv yilidan boshlab Ural davlat meditsina universiteti bilan hamkorlikda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bakalavrlar tayyorlanmoqda:

  • 31.05.01.-Davolash ishi (UDMU)
  • 31.05.02.-Pediatriya (UDMU)
  • 31.05.03.- Stomatologiya (UDMU)
  • 33.05.01.- Farmatsiya (UDMU)

Xalqaro loyihalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • jahon banki – akademik innovatsiyalar jamgʻarmasi granti Erasmus+ „Baliqchilik boʻyicha ilmiy-oʻquv trenajyor yaratish“ loyihasi.
  • Erasmus+ „ModeHEd“ loyihasi,
  • Erasmus+ „IMEP“ loyihasi,
  • Erasmus+ „UZDOC-2.0“ loyihasi,
  • Erasmus+ "KA Mobility loyihasi.

Universitet reytinglari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yilda Namangan davlat universiteti UI GreenMetric Jahon universitetlari reytingida dunyo boʻyicha 4990 ball toʻplab, 84 ta mamlakatdagi 1183 ta oliygohlar orasidan 790-oʻrinni, respublika oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida 18-oʻrinni egalladi[5].