Kontent qismiga oʻtish

Narimon Dexkanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dexkanov Narimon Burxonjonovich
Tavalludi 21-fevral 1984-yil (1984-02-21) (40 yosh)
Chust tumani, Namangan viloyati
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Namangan davlat universiteti (2008)
Ilmiy darajasi siyosiy fanlar doktori
Ilmiy unvoni professor
Tezis sarlavhasi 2012-yilda „Oʻzbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini takomillashtirishning tarixiy tajribasi (1995-2010-yillar)“ mavzusida nomzodlik, 2021-yilda „Jamiyatni barqaror taraqqiyotini taʼminlashda jamoatchilik bilan aloqa texnologiyalari (PR)ning oʻrni“ mavzusida doktorlik dissertatsiyalari
Mukofotlari , Maʼnaviyat fidoyisi koʻkrak nishoni

Dexkanov Narimon Burxonjonovich (1984-yil 21-fevral, Chust tumani, Namangan viloyati) — siyosiy fanlar doktori (2021)[1], professor (2024)[2]. Namangan davlat universiteti yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori[3][4][5][6].

Narimon Dexkanov 1984-yil 21-fevralda Namangan viloyati, Chust tumanida tavallud topgan. 2002-2006 yillarda Namangan davlat universitetida bakalavriat, 2006-2008 yillarda magistratura, 2008-2011 yillarda Oʻzbekiston tarixi ixtisosligi boʻyicha aspirantura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2008-2008-yillarda Namangan davlat universiteti fakultetlararo Oʻzbekiston tarixi kafedrasi o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 2011-2014-yillarda Namangan davlat universiteti tarix fanlari kafedrasi o‘qituvchisi, katta oʻqituvchisi, 2014-2020-yillarda Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti dekani, 2020-2020-yillarda Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani, 2020—2022-yillarda Namangan davlat universiteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor, 2022-yildan hozirga qadar Namangan davlat universiteti yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor lavozimida faoliyat koʻrsatmoqda[7][8][9].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Narimon Dexkanov 2012-yilda „Oʻzbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini takomillashtirishning tarixiy tajribasi (1995-2010-yillar)“ mavzusida nomzodlik[10], 2021-yilda „Jamiyatni barqaror taraqqiyotini taʼminlashda jamoatchilik bilan aloqa texnologiyalari (PR)ning oʻrni“ mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan[1].

Ilmiy faoliyati 86 ta ilmiy ishi eʼlon qilingan. Shundan 1 ta darslik, 2 ta monografiya, 2 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta ilmiy-uslubiy ishlar, 79 tasi ilmiy maqola va tezislar. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 3 ta yaratilgan dasturning rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega.

  • Hindistonning yangi tarixi, Uslubiy qoʻllanma. Namangan: „Namangan“ nashriyoti, 2010[11].
  • Namangan mustaqillik yillarida, Risola. Namangan: „Namangan“ nashriyoti, 2011[12].
  • Oʻzbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining shakllanishi va rivojlanishi tarixi, Monografiya. Toshkent: „Iqtisodiyot“ nashriyoti, 2015[13].
  • Oʻzbekistonda mahalliy boshqaruv tizimi, Uslubiy qoʻllanma. Namangan: „Namangan“ nashriyoti, 2015[14].
  • Jamiyat taraqqiyotida PR texnologiyalarning oʻrni, Monografiya. Namangan: „Namangan“ nashriyoti, 2020[15].
  • Jahon tarixi (Osiyo va Afrika mamlakatlarining oʻrta asrlar tarixi), Oʻquv qoʻllanma. Toshkent, „OʻZKITOB SAVDO NASHRIYOT MATBAA IJODIY UYI“ nashriyoti. 2021[16].
  • Mustaqil Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi va fuqarolik jamiyati, Darslik. Namangan: „Namangan“ nashriyoti, 2023[17].

N.Dexkanovning tashabbusi bilan Namangan davlat universitetida yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish va bandligini taʼminlash boʻyicha yangi tashabbuslar yoʻlga qoʻyilgan. Uning tashkilotchiligi natijasida Namangan davlat universitetida „Ochiq osmon ostidagi kinoteatr“, „Karyera markazi“, „Kovorking markazi“ tashkil etilgan. Bundan tashqari, iqtidorli talabalarda jamoatchilik ishlarini olib borish va daxldorlik tuygʻusini yanada oshirish maqsadida „Yosh ekopatrul“, „Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibotchisi“, „Koʻngillilar“ oʻzini-oʻzi boshqarish organi, „NamDU FM“ onlayn radiosi va ovoz yozish studiyasi faoliyatining yoʻlga qoʻyilgani ham oliy taʼlim muassasalari orasidagi ilk tashabbus hisoblanadi[18][19].

  1. 1,0 1,1 „O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08“. 2024-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
  2. „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasining 2024-yil 6-apreldagi yigʻilishi qaroriga asosan Namangan davlat universitetining nomlari qayd etilgan professor-oʻqituvchilari quyidagi ilmiy unvonlarda tasdiqlandi“. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
  3. „Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor“. 2024-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
  4. „“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda tajribamiz bor” – Namangan davlat universiteti prorektori“. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
  5. „Бир ватаннинг бир мақсадли фарзандларимиз“. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
  6. „Сенатор талабалар билан учрашди“. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
  7. „Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor“. 2024-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
  8. „Наманган Давлат университетига проректор тайинланди“. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
  9. „Ўзбекистон Республикаси президентлигига номзод Робахон Маҳмудова наманганлик сайловчилар билан учрашди“. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
  10. Дехканов Н.Б. Ўзбекистонда маҳаллий давлат ҳокимияти вакиллик органлари фаолиятини такомиллаштиришнинг тарихий тажрибаси (1995-2010 йй.). Тарих фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. 07.00.01., Ташкент, 2012 — 173-bet. 
  11. N.B.Dexkanov, R.Joʻrayev. Hindistonning yangi tarixi, Namangan, 2010 — 60-bet. 
  12. N.B.Dexkanov, T.Fayzullayev. Namangan mustaqillik yillarida, Namangan, 2011 — 52-bet. 
  13. N.B.Dexkanov. O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining shakllanishi va rivojlanishi tarixi, Toshkent, 2015 — 156-bet. 
  14. N.B.Dexkanov. O‘zbekistonda mahalliy boshqaruv tizimi, Toshkent, 2015 — 94-bet. 
  15. N.B.Dexkanov. Jamiyat taraqqiyotida PR texnologiyalarning o‘rni, Namangan, 2020 — 166-bet. 
  16. N.B.Dexkanov, A.A.Sarimsoqov. Jahon tarixi (Osiyo va Afrika mamlakatlarining o‘rta asrlar tarixi), Toshkent, 2021 — 304-bet. 
  17. N.B.Dexkanov. Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi va fuqarolik jamiyati, Namangan, 2021 — 306-bet. 
  18. „NamDU FM is a radio station from Namangan, Uzbekistan providing big variety of programm.“. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
  19. „Talaba rektor lavozimiga tayinlandi yoxud NamDUdagi oʻziga xos innovatsion yondashuvlar xususida“. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
  20. „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi esdalik nishonlari oʻz egalarizga topshirildi“. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
  21. „Ўзбекистон Республикаси Давлат байроғи қабул қилинган кун Наманганда катта тантана қилинди“. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.
  22. „TABRIKLAYMIZ“. Qaraldi: 2024-yil 18-aprel.