Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ koʻkrak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi koʻkrak nishon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy fuqarolar
Taqdirlash asosi ziyolilar, fan va sanʼat arboblari, ishchi va xizmatchilar, tadbirkorlar, fermerlar, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari va boshqa shaxslar
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2021-yil 27-avgust.

„Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi“ koʻkrak nishoni — Oʻzbekiston iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna boʻlayotgan, mamlakatimiz mustaqilligi, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-taʼlim, madaniy, maʼnaviy salohiyati va mudofaa qudratini mustahkamlash, uning sarhadlari xavfsizligi va daxlsizligini taʼminlashda, „Yangi Oʻzbekiston“ning yaratilishida alohida fidoyilik koʻrsatayotgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsaida taʼsis etilgan[1][2].

Mukofotlash tartibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishoni bilan taqdirlash boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari, jamoat birlashmalari va boshqa respublika idoralari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlar koʻrib chiqilib tasdiqlansin, shuningdek, mutasaddi rahbarlar "Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi" esdalik nishonlarini Mustaqillik bayrami munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan tantanali vaziyatda topshirishni taʼminlasin[3].

Taqdirlash tantalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishonlarini topshirishga bagʻishlangan tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.