Nant (sabzi navi)
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nant — oʻrtapishar sabzi navi. Butun-ittifoq sabzavot ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot institutida yakka tanlash usuli bilan chiqarilgan (1943). Oʻzbekistonda 1946-yildan rayonlashtirilgan. Bargi yashil, kam tukli. Sabzisi shakli silindrsimon, uchi toʻmtoq, uz. 15—16 sm, diametri 3,0—4,0 sm, yuzasi tekis, bir donasi 60—120 g. Eti tiniq, qizgʻish toʻk, sariq, sersuv, shirin, mayin, oʻzagi ingichka. Tarkibida qand 5,9%, quruq modda miqdori 11,9%, karotin 72 mg %. Hosili urugʻi unib chiqqanidan keyin 80—90 kunda yetiladi. Hosildorligi 110—120 s/ga. Yangiligida isteʼmol qilinadi, konserva tayyorlanadi. Oʻzbekistonning barcha vi-loyatlarida ekiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |