Kontent qismiga oʻtish

Napoleon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Napoleon Bonapartdan yoʻnaltirildi)
Napoléon Bonaparte
Tavalludi 15-avgust 1769-yil
Ajaccio, Korsika, Fransiya
Vafoti 5-may 1821-yil(1821-05-05)
(51 yoshda)
Longwood, Avliyo Yelena oroli
Fuqaroligi Fransiya[1][2]
Otasi Carlo Bonaparte
Onasi Maria-Letizia Bonaparte

Napoleon Bonapart (fransuzcha: Napoléon Bonaparte, italyancha: Napoleone Buonaparte; 1769-yil 15-avgust — 1821-yil 5-may) — fransuz inqilobining oxirgi bosqichlarida va Fransuz inqilobi urushlarida mashhurlikka erishgan fransuz qoʻmondoni va siyosiy yetakchisi.

Napoleon I, Napoleon Bonapart (1769.15.8, Ayachcho shahri, Korsika o. — 1821.5.5, Muqaddas Yelena o.) — fransuz davlat arbobi va sarkardasi, Fransiya Respublikasining birinchi konsuli (1799—1804), Fransiya imperatori (1804—14 va 1815). 10 yoshida Fransiyaning Oten kollejiga kirgan, soʻng oʻsha 1779-yilda Briyenn harbiy oʻquv yurtiga koʻchirilgan. 1784-yil mazkur oʻquv yurtini muvaffaqiyatli tamomlab, Parij harbiy maktabiga (1784—85) oʻtgan. 1785-yil podporuchik unvonida armiya xizmatini boshlagan. Maxsus, umumiy ilmiy, falsafiy, siyosiy, badiiy adabiyotni oʻqib oʻrgangan. Ilgʻor fransuz maʼrifatparvarlari ruhida tarbiyalangan Napoleon I 1789-yil Buyuk fransuz inqilobini iliq kutib olgan. 1792-yil Yakobinchilar klubiga aʼzo boʻlgan. U Parij shahri garnizoni qoʻmondoni va 1796-yilda Italiyada harakat qilayotgan fransuz armiyasining bosh qoʻmondoni etib tayinlangan. Italiya kompaniyasida Napoleon I oʻzini buyuk sarkarda ekanligini na-moyon qilgan. Gʻolib sifatida Parijga kirib kelgan Napoleon I Misrga harbiy yurish qilish haqidagi qarorini Direktoriyadan oʻtkazgan. Lekin, oʻz xohishi bilan u Misrni tashlab, 1799-yil oktabrda Parijga qaytib kelgan va 9—10-noyabrda davlat toʻntarishi oʻtkazib, konsullkk rejimini joriy etgan va amalda butun hokimiyatni oʻz qoʻliga olgan. U inqilob qoʻlga kiritgan demokratik yutuqlarni bekorga chiqargan. Ammo, iqtisodiy sohada inqilob samaralarini, shu jumladan, mulkni qayta taqsimlash tadbirini himoya qilgan, sanoat va savdoning rivojlanishiga katta eʼtibor bergan. 1800-yil fransuz bankiga asos solgan.

1802-yil Napoleon I oʻzini umrbod konsul etib tayinlanishiga erishgan. 1804-yilda esa imperator deb eʼlon qilingan. Yangi burjua monarxiyasini mustahkamlash maqsadida Napoleon I 1-xotini Jozefina bilan nikohni buzgan va 1810-yil Avstriya imperatori Frans I ning qizi Mariya Luizaga uylangan. Buyuk davlatlar ittifoqiga qarshi olib borgan zafarli urushlari, Marengo (1800), Austerlits (1805), Iyena (1806)dagi ajoyib galabalari, imperiya hududini tez surʼatda kengayishi, Napoleon I ni amalda butun Gʻarbda (Angliyadan tashqari) va Markaziy Yevropada xukmdorga aylanishi uning shon-shuhratini yanada oshirgan. 1812-yilda Rossiyaga qarshi yurishidagi magʻlubiyatidan soʻng Napoleon I oʻzini oʻnglay olmadi, uning „buyuk armiyasi“ tor-mor qilindi, Yevropada Napoleon I zul-miga qarshi xalq-ozodlik harakatlari koʻtarildi. Napoleon I ga qarshi ittifoqchilarning harbiy uyushmalari vujudga keldi. Soʻnggi urushlarda Napoleon I ning magʻlubiyatga uchrashi, ittifoqchi qoʻshinlarning Parijga kirib kelishi (1814-yil 31-mart), uni taxtdan voz kechishga majbur qildi (1814-yil 31-mart). Gʻolib ittifoqchilar Napoleon I ning imperator unvonini saqlab qolib, Elba o.ni uning ixtiyoriga berdilar.

Napoleon I ning Fransiyaga qaytadan kirib kelishi (1815-yil 1-mart) va „yuz kun“ deb atalmish davrda (1815-yil 20-mart — 22-iyun) uni 2-marotaba taxtni boshqarishi mamlakatda Napoleon I ni qoʻllabquvvatlaydigan ijtimoiy kuchlar hali ham mavjudligidan darak berardi. Ammo Vaterloo jangida u ittifokchilar armiyasi tomonidan tor-mor qilindi va 1815-yil 22-iyunda batamom taxtdan voz kechdi. Muqaddas Yelena o.ga surgun qilingan H.I 6 yildan soʻng inglizlar asirligida vafot etgan. 1840-yil uning xoki Parijga Nogironlar uyiga kuchirib keltirilgan.

Napoleon I harbiy qoʻshinlarni kasbiy (professional) armiyaga aylantirdi. Yevropada eng ilgʻor hisoblangan fransuz qurolli kuchlarini yaratish, ularni harbiy sanʼatga oʻrgatishga, strategiya va taktikani takomillashtirishga zamin yaratdi. U dushmanni tor-mor etishning asosiy yoʻli unga qarshi qatʼiy jang qilishdan iborat deb hisoblardi. Napoleon I strategik tashabbusning roli va ahamiyatiga alohida urgʻu bergan.

Napoleon I ning sarkardalik mahorati jahon harbiy sanʼatiga chuqur taʼsir koʻrsatgan.

U 1804-1815-yillar davomida Napoleon I nomi ostida Fransiya imperatori boʻlgan. U koʻplab mamlakatlarning fuqarolik qonuniga katta taʼsir koʻrsatgan Napoleon Kodeksini yaratgan, lekin u koʻplab koalitsiyalarning Napoleon urushlari nomi ostida Fransiyaga qarshi olib borilgan urushlardagi hissasi tufayli mashhur. Napoleon Fransiyaning Yevropaning katta qismida hukmronligini oʻrnatib Fransuz inqilobi gʻoyalarini tarqatishni maqsad qilgan, lekin shu bilan bir paytda u imperial monarxiyani tuzgan. Napoleon urushlarda oʻzidan son boʻyicha ancha kuchli boʻlgan raqiblarini ustidan juda koʻp marta magʻlub qilganligi sababli barcha zamonlarning eng zoʻr sarkardalaridan biri sanaladi va uning janglari dunyo boʻylab koʻplab harbiy akademiyalarda oʻrganiladi.

Napoleon Corsicadagi Ajaccioda 16-asrda Corsicaga kelib qolgan italyan zodagoni oilasida tugʻilgan. U materik Fransiyada artilleriya ofitseri sifatida taʼlim olgan. U Birinchi Respublika davrida mashhurlikka erishgan va Fransiyaga qarshi qaratilgan Birinchi va Ikkinchi koalitsiya urushlarida muvaffaqiyatli qatnashgan. Napoleon bu urushlarda Italiya yarimorolidagi urush harakatlarida gʻalabaga erishgan.

1799-yilda u 18-bryumer to`ntarishini tashkillashtiradi va oʻzini Birinchi konsul deb eʼlon qildiradi; besh yildan soʻng Fransiya Senati referendum natijasiga koʻra uni imperator deb eʼlon qiladi. 19-asrning birinchi oʻn yilligida Napoleon boshchiligidagi Fransuz imperiyasi Yevropaning barcha kuchli davlatlari qatnashgan Napoleon urushlarida ishtirok etgan.[3] Ketma-ket gʻalabalardan soʻng Fransiya kontinental Yevropada yetakchiligini himoyaladi va Napoleon boshqa Yevropa davlatlarini Fransiyaga qaram davlat qilib, ularni oʻz qarindoshlari va doʻstlariga boʻlib berdi. Napoleon bu yoʻl bilan fransuz taʼsir doirasini asrashga harakat qilgan.

Yarimorol urushi va 1812-yilgi Vatan urushi Napoleon muvaffaqiyatlarini toʻxtatdi. Uning Buyuk Armiyasi Rossiya bilan urushda juda katta zarar koʻrdi va qaytib toʻliq tiklanmadi. 1813-yilda Oltinchi koalitsiya uning qoʻshinlarini Xalqlar jangida tor-mor etildi; kelasi yili Koalitsiya Fransiyani bosib oldi, Napoleonni taxtdan voz kechishga majbur etdi va uni Elba oroliga surgun etdi. Bir yil oʻtmasdanoq u Elbadan qochdi va hukumatni oʻz qoʻliga oldi, lekin 1815-yil iyunda Vaterlo jangida magʻlub etildi. Napoleon umrining soʻnggi olti yilini Saint Helena orolida inglizlar tomonidan hibsda saqlandi. Jasadning ochib koʻrilishi Napoleon oshqozon rakidan vafot etganini aniqladi, lekin baʼzi mutahassislar u mergimush bilan zaharlangan deyishadi.

Half-length portrait of a wigged middle-aged man with a well-to-do jacket. His left hand is tucked inside his waistcoat.
Napoleonning otasi Carlo Buonaparte Lyudovik XVI qasrida Korsika vakili boʻlgan.

Napoleon 1769-yil 15-avgustida Karlo Mariya Bonapart va Mariya Letitsiya Ramolino oilasida Ajacciodagi Bonapartlarning oilaviy qasri Casa Buonaparteda tugʻilgan.[4] Napoleon oiladagi toʻrtinchi farzand boʻlgan.[4] Napoleon tugʻilishidan bir yil oldin orol Fransiyaga Genuya Respublikasi tomonidan sotilgan edi.[5] U Napoleone di Buonaparte nomi bilan (goʻdakligida vafot etgan amakisi nomiga) choʻqintirilgan. Yigirma yoshlarida oʻz ismini fransuzcha jaranglaydigan Napoléon Bonapartega oʻzgartirgan.[6][note 1]

Korsikalik Buonapartelar kelib chiqishi Toskanalik boʻlgan[7][8][9][10] kichik italyan zodagoni boʻlishgan va Korsikaga 16-asrda Liguriyadan kelishgan.[11][12]

Uning otasi Carlo Buonaparte advokat boʻlgan va 1777-yilda Lyudovik XVI qasrida Korsika vakili etib tayinlangan. Napoleon tarbiyasida katta rolni uning onasi Letitsiya Ramolino oʻynagan.[13]

Head and shoulders portrait of a white-haired, portly, middle-aged man with a pinkish complexion, blue velvet coat and a ruffle
Korsikaliklarning millatchi yetakchisi Pasquale Paoli, 1798. Richard Cosway

Uning Joseph ismli akasi; va Lucien, Elisa, Louis, Pauline, Caroline and Jérôme ismli ukalari va singillari boʻlgan. Josephdan oldin tugʻilgan bittadan bola va qiz goʻdakliklarida vafot etishgan.[14] Napoleon ikki yoshidan sal oldinroq 1771-yil 21-iyulda Ajaccio kafedral soborida choʻqintirilgan.[15]

Napoleonning zodagonlardan ekanligi va oilasining aloqalari sababli oʻzining Korsikalik boshqa tengdoshlaridan koʻra yaxshiroq taʼlim olishining garovi edi.[16] 1779-yilning yanvarida Napoleon kontinental Fransiyadagi Autunda joylashgan diniy maktabga fransuz tilini oʻrganishi uchun qabul qilinadi. May oyida u Brienne-le-Châteaudagi harbiy akademiyaga qabul qilinadi.[17] U yaqqol eshitiladigan Korsikancha shevada gapirgan va hech qachon toʻgʻri talaffuz qilishni oʻrganmagan.[18] Napoleon oʻzining shevasi tufayli tengdoshlari tomondan mazah qilingan va shu sababli faqat oʻqish bilan mashgʻul boʻlgan.[19][note 2] Oʻqituvchisining aytishicha Napoleon — „doimo matematika juda kuchli edi. U shuningdek tarix va geografiyadan yaxshigina habardor edi… Bu boladan ajoyib dengizchi boʻlishi kerak“, boʻlgan.[21][note 3]

1784-yilda Brienndagi oʻqishini tugatgach Napoleon Parijdagi eng zoʻr École Militaire(Harbiy maktab)ga qabul qilinadi. Bu maktabga qabul qilinishi Britan Qirollik flotiga hujjat topshirishni rejalashtirib yurgan Napoleonning dengizchilik orzulariga chek qoʻyadi.[23] Artilleriya ofitserligi uchun taʼlim oladi va otasi oʻlimidan soʻng moddiy qiyinchiliklar tufayli ikki yillik kursni bir yilda tamomlaydi.[24] U École Militaireni bitirgan birinchi Korsikalik hisoblanadi.[24] U keyinchalik oʻzi Senatga saylaydigan mashhur olim Laplas tomonidan imtihon qilinadi.[25]

Respublikachi koʻngillilarning Korsika polki kichik leytenanti 23 yoshli Napoleon Bonapart

1785-yil sentabridagi bitiruvdan soʻng Bonapart artilleriya polkida kichik leytenant unvoni bilan hizmat qilardi.[17][note 4] U 1789-yilda revolyutsiya boshlanishiga qadar Valence, Drôme va Auxonneda hizmat qiladi va inqilob boshlangandan soʻng ikki yil Korsikada xizmat qiladi.

U inqilobning ilk yillarini Korsikada royalistlar, inqilobchilar va Korsika millatchilari orasidagi uch tomonlama qiyin urushda qatnashib oʻtkazadi. U inqilobiy Yakobinchilarni qoʻllab-quvvatlagan, kapitan unvoniga erishgan va koʻngillilar batalyoniga boshchilik qilgan. Korsikada fransuz armiyasiga qarshi ochiq noroziligi va dushmanligiga qaramasdan Napoleon 1792-yilda muntazam armiyaning artilleriya kapitani etib tayinlanadi.[27]

U Korsikaga qaytadi va Fransiyadan ajralib chiqqan Paoli bilan kelisholmay qoladi. 1793-yilda Paoli bilan kelishmovchiliklar tufayli Napoleon va uning oilasi kontinental Fransiyaga ketishadi.[28] Lekin ketishidan oldin Napoleon Sardiniyaga tegishli boʻlgan La Maddalena oroliga hujumda qatnashadi. Korsikaliklar juda tez magʻlub boʻladi, lekin Napoleon bu jangda oʻzini koʻrsata oladi.[29]

Tulon qamali (1793 yil)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1793-yil iyulda u respublikani sharaflab Le souper de Beaucaire (Boker uyidagi tushlik) pamfletini yozadi. Bu pamflet Napoleonga inqilob yetakchisi Maximilien Robespierrening ukasi boʻlgan Augustin Robespierrening homiyligini olib keladi. Korsikalik tanishi Antoine Christophe Saliceti yordami bilan Napoleon Tulonni qamal qilayotgan inqilob armiyasining artilleriya qoʻmondoni etib tayinlanadi. Shahar respublika hukumatiga qarshi bosh koʻtarib britan askarlarini tomonidan egallangan edi.[30]

General Bonapart Tulon qamali paytida

Uning rejasiga koʻra respublika artilleriyasi britan kemalarini shahar portidan ketishga majbur qilish uchun qulay doʻnglikni egallashi kerak edi. Qal`aga hujum qilinayotgan paytda Napoleon yaralanadi, lekin baribir gʻalaba qozonadi. Bu gʻalaba tufayli Napoleon yigirma toʻrt (24) yoshida brigada generali (tahminan polkovnik va general mayor oʻrtasidagi unvon) etib tayinlanadi.

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. Schom, Alan. Napoleon Bonaparte, 1. HarperPerennial, New York: HarperPerennial, 1998. ISBN 0-06-092958-8. 
  4. 4,0 4,1 Delors, Catherine „15th of August 1769: birth of Napoleone di Buonaparte“. 2013-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2012-yil.
  5. McLynn 1998, p.6
  6. 6,0 6,1 Dwyer 2008, p.xv
  7. The court and camp of Bonaparte, J & J Harper, 1832, p. 17,Google Book
  8. Ida M. Tarbell, A Short Life of Napoleon Bonaparte, Kessinger Publishing, 2005, p. 1,Google Book
  9. The other conquest. Google Books, 1967. Qaraldi: 3-avgust 2011-yil. 
  10. French Fortifications, 1715–1815. Google Books, 30-noyabr 2009-yil. ISBN 9780786458073. Qaraldi: 3-avgust 2011-yil. 
  11. McLynn 1998, p.2
  12. 2012 DNA tests found some of the family’s ancestors were from the Caucasus region; lefigaro.fr. „Le Figaro – Mon Figaro : Selon son ADN,les ancêtres de Napoléon seraient du Caucase!“. Le Figaro (15-yanvar 2012-yil). Qaraldi: 20-fevral 2012-yil.; The study found haplogroup type E1b1c1*, which originated in Northern Africa circa 1200 BC; the people migrated into the Caucasus and into Europe. „Haplogroup of the Y Chromosome of Napoléon the First; Gerard Lucotte, Thierry Thomasset, Peter Hrechdakian; Journal of Molecular Biology Research (2011-yil dekabr). Qaraldi: 18-fevral 2012-yil.
  13. Cronin 1994, pp. 20-21
  14. Harvey, R. The War of Wars, Robinson, 2006. p. 58-61.
  15. „Cathedral—Ajaccio“. La Fondation Napoléon. Qaraldi: 31-may 2008-yil.
  16. Cronin 1994, p.27
  17. 17,0 17,1 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named rxvi
  18. McLynn 1998, p.18
  19. Dwyer 2008, p.29
  20. Kladstrup 2005, p.61–8
  21. McLynn 1998, p.21
  22. Wells 1992, p.74
  23. McLynn 1998, p.23
  24. 24,0 24,1 Dwyer 2008, p.42
  25. McLynn 1998, p.26
  26. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named m290
  27. McLynn 1998, p.55
  28. Roberts 2001, p.xviii
  29. McLynn 1998, p.61
  30. Dwyer 2008, p.132
  • Manfred A. 3., Napoleon Bonapart, M., 1971
  • Tarle Ye., Nashestviye Napoleona na Rossiyu. 1812 god, M., 1938
  • Tarle Ye. V., Napoleon, M., 1957
  • Levitskiy N. A., Polkovodcheskoye iskusstvo Napoleona, M, 1938.
  • Gʻiyosov, Temur. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil






Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "note", but no corresponding <references group="note"/> tag was found