Napoleon va Yahudiylar
Napoleon va Yahudiylar — Yevropa yahudiylari tarixida yahudiylarni maxsus gettolarda yashash majburiyatini bekor qilgan Napoleon Bonapart hukmronligi davri yahudiylarning emansipatsiyasi uchun muhim burilish nuqtasi boʻlib, bunda yahudiylar ibodat va kasb faoliyatida erkinlik kabi bir qancha huquqlarni qoʻlga kiritgan.
Napoleon qonunlari va yahudiylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fransuz inqilobidan soʻng fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi va dinidan qatʼiy nazar tengligi eʼlon qilinib, kamsitishlarning har qanday shakliga barham berilgan edi. 1789-yilda qabul qilingan „Inson va Fuqaro huquqlari deklaratsiyasi“ bilan erkin ibodat qilish huquqi kafolatlangan. Yahudiy ibodati bundan buyon umumiy tartibga zid holat sifatida qabul qilinmaydigan boʻldi. Yevropa davlatlarining aksariyatida esa ozchilik huquqlarini cheklovchi tartib-qoidalar hamon amalda edi. Napoleonning Yevropadagi muvaffaqiyatli zafarlari bilan barcha uchun taqdim etilgan erkinlik gʻoyasi keng tarqaldi. Bu fransuz inqilobining ulkan yutugʻidir.
Napoleonning yahudiylarga munosabati qanday boʻlganligi aniq emas. Turli davrlarda u yahudiylarni yoqlab ham, ularga qarshi ham bayonotlar bergan. Tarixchi va ravvin Berel Vayn oʻzining "Triumph of Survival" asarida Napoleon yahudiylarni jamiyat sifatida rivojlantirishdan koʻra, assimilyatsiya qilishni afzal koʻrganini taʼkidlaydi: „Napoleonning yahudiylarga nisbatan siyosatda bagʻrikeng va adolatli munosabati aslida ularni assimilyatsiya yoʻli bilan parchalab yuborishga qaratilgan buyuk rejasining bir parchasidir“.
Napaleon 1806-yil 29-noyabr kuni Shampandagi ichki ishlar vaziriga quyidagicha maktub yozgan edi:
- „Dunyoning barcha mamlakatlaridagi sivilizatsiyalar va ijtimoiy tuzumga zarar yetkazuvchi yahudiylarning faoliyatiga barham berilmasa ham uni iloji boricha kamaytirish kerak. Ular tomonidan yetkaziladigan zararni oldini olish kerak. Buning oldini olish uchun esa avvalambor yahudiylarning oʻzi oʻzgarishi zarur. [… ] Ularning yoshlari bizning armiyamizga kelib qoʻshilganda, bora-bora yahudiy qadriyatlaridan uzoqlashib, fransuz qadriyatlarini qabul qiladi[1].“
Napoleonning bu siyosati yahudiylarning Yevropadagi mavqeini tubdan oʻzgartirib yuborgan. Ayni paytda bunday siyosat yahudiylar ommasi tomonidan iliq qabul qilingan. 1806-yilda Napoleon yahudiylarning Fransiya imperiyasidagi mavqeini qoʻllab-quvvatlovchi baʼzi qarorlar qabul qilib, yahudiy vakillaridan iborat Oliy Kengashni tashkil etishga ruxsat ham beradi. U zabt etgan mamlakatlarda yahudiylarning gettolarda yashash majburiyatini bekor qilgan. Shuningdek, Napoleon 1807-yil Rim katolikligi Lyuteranlik va Lyuterchilik protestantizm bilan birga iudaizmni Fransiyaning rasmiy diniga aylantirdi. 1808-yilning 17-martida Napoleon oʻzining baʼzi islohotlarini „decret infâme“ nomi bilan bekor qilib, yahudiylarning qarzlarini bekor qildiradi, kamaytiradi yoki toʻlash muddatini kechiktiradi. Napoleon yahudiylarning assimilyatsiya qilish umidida ularni yashashi mumkin boʻlgan joylarni cheklab qoʻyadi. 1811-yilda bu taqiq ham bekor qilingan.
Napoleon yahudiylar, protestantlar va katoliklar kabi mazlum ozchiliklarga ham teng huquqlar beradi. Bu siyosat uzoq muddat davomida siyosiy foyda keltirishiga ham qattiq ishongan. 1816-yilda surgun qilinganidan keyin uning shifokori Barri OʻMeara Napoleondan nega yahudiylarga erkinlik berganini soʻraganida, Napoleon shunday javob beradi:
- „Mening asosiy maqsadim yahudiylarni ozod qilish va ularni toʻlaqonli huquqlarga ega fuqarolarga aylantirish edi. Men ularga katoliklar va protestantlar ega boʻlgan erkinlik, birodarlik va tenglik huquqlarini bermoqchi edim. Umid qilamanki, yahudiylar bizni goʻyo yahudiylikning bir parchasidek qabul qiliadi va bizga birodor sifatida munosabatda boʻladi. Koʻp sonli yahudiylar mamlakatimizga kelib, boshqa xalqlarda yoʻq imtiyozlardan foydalanish orqali Fransiyani boy mamlakatga aylantiradi, deb oʻylagandim. 1814-yil voqealari bundan mustasno. Hali koʻplab yevropalik yahudiylar Fransiyaga keladi. Fransiyada ularni erkinlik, birodarlik va tenglik kutmoqda. Ular ham qolgan barcha kabi oʻz (boʻlajak) vataniga xizmat qiladi[2].“
Bonapart va Falastindagi yahudiy davlati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1799-yilda Akko qamalida u Falastinda yahudiy davlatini tashkil etish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani tayyorlagan, ammo rasmiylashtirmagan edi[3]. Hujum Usmonli imperiyasi tomonidan qaytarilgach, bu reja amalga oshmay qoladi. „Napoleon and the Holy Land“ asarining yozuvchisi Natan Schur kabi baʼzi tarixchilar Napoleon oʻzining „yahudiy davlati“ rejasiga jiddiy munosabatda boʻlmagani, balki, bu tashviqot maqsadida qilingan ish sifatida izohlaydi. Ayrimlar Napoleon yahudiy davlatini eʼlon qilgani uchun u Ahmed al-Jazarning yahudiy maslahatchisi, Akko rahbari, Akko mudofaa qoʻmondoni Xaim Farhini va u orqali Ahmad al-Jazarni oʻz tomoniga ogʻdirmoqchi boʻlganligini taʼkidlaydi. Fransuz tarixchisi Genri Laurensning fikricha, Napoleon hech qanday yahudiy davlati haqida bayonot bermagan[4].
Napoleonnig merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Napoleonning yahudiylar taqdiriga taʼsiri u chiqargan farmonlardan ham kuchliroq edi. Markaziy Yevropaning feodal toʻsiqlarni yengib oʻtishi va fransuz inqilobi bilan tenglikni taʼminlanishi soʻnggi uch asrda erishib boʻlmaydigan kabi koʻringan yahudiylarning ozodligi uchun oʻta muhim qadam boʻlgan edi. Vestfaliya cherkovi Germaniyaning boshqa hududlari, ayniqsa, yahudiylarning ahvoli doimiy ravishda yaxshilangan Reyn daryosi uchun namuna boʻlib xizmat qiladi. Minnatdorchilik belgisi sifatida baʼzi yahudiylar familiyasi sifatida nemischa "Schöntheil " ismini (fransuzcha „Bonapart“) tanlaydilar. Italiyalik yahudiy kimyogari va yozuvchisi Primo Levining taʼkidlashicha, bu davrda tugʻilgan koʻplab yahudiylar „Napoleona“ ismini olgan edilar.
Yirik Yevropa davlatlarining qarshiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Buyuk Oliy Kengash"ning yaratilishiga dastlabki salbiy munosabat rus podshosi Aleksandr I dan kelgan edi. U yahudiylarning emansipatsiyasiga keskin qarshi chiqadi va pravoslav cherkovini Napoleonning bagʻrikeng diniy siyosatiga norozilik bildirishga taklif qilib chiqadi. U Napoleonni „Xudoning dushmani“ deb ayblay boshlaydi.
Moskva Muqaddas Kengashi shunday degan edi: „Fransiya imperatori nasroniy cherkovlarining poydevorini yoʻq qilish uchun oʻz poytaxtiga yahudiy sinagogalarini qurishni taklif qilish orqali uzoq vaqt oldin shoh Isoni xochga mixlashga jur’at etgan Ibroniy Oliy Kengashini qayta tashkil etishga intilmoqda“.
Avstriya kansleri Klemens von Metternich shunday deb yozgan edi: „Men yahudiylar uni (Napoleon) vaʼda qilingan Masihi ekanligiga ishonishlaridan qoʻrqaman“.
Prussiyadagi Lyuteran cherkovi agressiv munosabatda boʻladi. Italiyadagi vaziyat unchalik tajovuzkor boʻlmasa-da, doʻstona boʻlmagan munosabatlar koʻzga tashlanib turadi.
London hukumati Oliy Kengashning tamoyillari va doktirinasini butunlay rad etadi.
Rossiya chori Napoleonni 1808-yil 17-martda yahudiylarga erkinlik beruvchi farmonni bekor qilishga va cheklovlar qoʻyishga koʻndiradi. Oʻz navbatida, Napoleon podshoh orqali Londonga bosim oʻtkazib, urushni tugatishga umid ham qilgan edi. Uch oy oʻtgach, Napoleon cheklovlarni olib tashlaydi va eski islohotlarni qayta tiklaydi.
Yevropadagi yahudiylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Napoleon islohotlarini Fransiya hokimiyati ostidagi barcha davlatlarda amalga oshiriladi. Portugaliyada yahudiylarga boshqa fuqarolar bilan teng huquqlar beriladi va 300 yil ichida ilk bor yahudiylarga sinagoga ochish uchun ruxsat beriladi. Yahudiylar Italiya, Gollandiya va Germaniya provinsiyalarida ozodlikka chiqadi.
Imperator Vaterlooda magʻlubiyatga uchragach, Fransiyada aksilinqilobiy va kamsituvchi siyosat olib boriladi. Papa Pius VII hokimiyati, Gettolar tartibi va Papa davlati qayta tiklanadi. Yahudiylar fahsh rangi sanalgan sariq va Dovud yulduzi tushurilgan shapka kiyib yurishi majburiy qilib qoʻyiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Napoleon’s Attempt to Destroy the Jews Retrieved 19 May 2024
- ↑ O'Meara. „Napoleon in Exile“. Internet Archive. London (1822). Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
- ↑ Darwish, Mahmoud Ahmed, and Huda Abdel Rahim Abdel Kadir. "Napoleon Bonaparte's Declaration for the Estbalishment for of the National Home for the Jews in Palestine". International Journal of Cultural Inheritance & Social Sciences ISSN: 2632-7597 3.6 (2021): 1-30.
- ↑ Laurens, Henry, Orientales I, Autour de l’expédition d'Égypte, pp.123-143, CNRS Éd (2004), ISBN 2-271-06193-8