Kontent qismiga oʻtish

Naramsin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Naramsin (Naram-Suen) - Akkad podshohi (miloddan avvalgi taxminan 2236—2200). Sargonning nabirasi. Oʻzini xudo deb eʼlon qilib, mustabid hokimiyat oʻrnatgan. Naramsinning Gʻarbiy Erondagi lullubeylar qabilasi ustiga yurishi sharafiga oʻrnatilgan stela — Akkad sanʼati yodgorligidir (Luvrda saqlanadi). Naramsin davrida gutiylar (kutiylar)ning Akkadga bosqini boshlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil