Narayan Pritxvi
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Narayan Pritxvi (1723—75) — Nepal qiroli (1769-yildan). Gʻarbiy Nepalda 1742—69-yillar mobaynida Gorkxva knyazligini idora etgan. 1743—1769 yillarda Katmandu vodiysidagi Kantipur, Bhantapur, Lamitaur, Banspur yerlarini, soʻngra Kirat, Morang hamda Shimoliy Nepalga qarashli Ilam yerlarini oʻziga boʻysundirgan. 1769-yil poytaxtni Katmandu shahriga koʻchirgan va u yerda yagona Nepal qirolligiga asos solgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |