Nargiza Jamilova
Nargiza Nuritdinovna Jamilova | |
---|---|
Tavalludi |
7-iyun 1969-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | pedagog |
Sohasi | pedagogika |
Taʼlimi | Toshkent davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Nargiza Nuritdinovna Jamilova (1969-yil 7-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori (DSc, 2020), professor (2021).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nargiza Jamilova 1969-yil 7-iyun Toshkent shahrida tugʻilgan[1]. 1986—1990-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti, maktabgacha tarbiya fakultetida tahsil olgan. 1990—2000-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti „Maktabgacha tarbiya metodikasi“ kafedrasi assistent-oʻqituvchisi, 2003—2009-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti „Pedagogika va psixologiya“ fakulteti va „Maktabgacha va oilaviy taʼlim“ kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2009—2010-yillarda „Maktabgacha va oilaviy taʼlim“ kafedrasi dotsenti, 2014—2020 yillarda „Maktabgacha taʼlim“ fakultetining „Maktabgacha taʼlim metodikasi“ kafedrasi dotsenti vaziasida faoliyat koʻrsatgan. 2021-yildan „Maktabgacha taʼlim metodikasi“ kafedrasi professori[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nargiza Jamilova 2000—2003 yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti aspiranti, 2010—2013-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti boʻlgan. 2009-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan[1]. 2020-yilda „Pedagogika oliy taʼlim muassasalari talabalarida tashabbuskorlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasni himoya qilib, pedagogika fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan. 120 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 4 ta monografiya, 3 ta darslik, 10 dan ortiq oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar muallifi[1].