Narimon Baqozoda
Narimon Baqozoda | |
---|---|
Tavalludi |
26-yanvar, 1935-yil Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Vafoti |
26-yanvar, 2009-yil Dushanbe, Tojikiston |
Fuqaroligi | SSSR→ Tojikiston |
Narimon Baqozoda (1935-yil 26-yanvar, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2009-yil 26-yanvar, Dushanbe, Tojikiston) – tojik shoiri, Tojikiston maorifi aʼlochisi, Tojikistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Tojikiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Narimon Baqozoda 1935-yil 26-yanvar kuni Oʻzbekiston SSRga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. Uning otasi „Tojikiston ovozi“ gazetasi jurnalisti Abdulato Baqozoda edi. Narimon 1960-yil Samarqand davlat universitetining tarix fakultetini muvaffaqiyatli tamomlagan.
1960-yildan 1967-yilgacha „Sovet Tojikistoni“ gazetasida boʻlim mudiri lavozimida ishlagan. Narimon Baqozoda 1967-yildan 1970-yilgacha „Irfon“ nomli bolalar va oʻsmirlar davlat nashriyotining adabiy boʻlimi mudiri lavozimida ishlagan. 1970-yil „Sovet Tojikistoni“ gazetasining malaka oshirish markazida tahsil olgan. U 1972-yilda Tojikiston davlat kinematografiya qoʻmitasining „Tojik film“ kinostudiyasida direktor lavozimida ishlagan. Narimon Baqozoda 1973-yildan 1974-yilgacha Tojikiston davlat kinematografiya qoʻmitasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan. 1974-yildan 1979-yilgacha esa „Mashʼal“ jurnali masʼul kotibi sifatida faoliyatini davom ettirgan. Narimon Baqozoda 1979-yilda Tojikiston davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. U bu lavozimda 2003-yilgacha ishlagan.
Narimon Baqozoda 2009-yil 26-yanvar kuni Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida vafot etgan[2].
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Narimon Baqozodaning ilk kitobi „Guldasta“ nomi ostida chop etilgan edi. Shundan soʻng uning „Sheʼrlar, topishmoqlar va chistonlar“ toʻplami, 1975-yilda „Surnay“ kitobi hamda 1978-yilda „Halol osh“ nomli kitobi nashrda chiqqan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Narimon Baqozoda 1970-yilda „Jasoratli mehnati uchun“ medali bilan taqdirlangan. Shundan soʻng, Joliot Kyuri nomidagi Germaniya tinchlik qoʻmitasining „Shon-sharaf ordeni“ bilan mukofotlangan. 1993-yilda esa „Tojikiston xalq taʼlimi aʼlochisi“ mukofotini qoʻlga kiritgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Наримон Бақозода“. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Рӯзгору осори ибратомӯзи Наримон Бақозода Read more: https://www.asiaplustj.info/tj/news/tajikistan/society/20200126/ruzgoru-osori-ibratomuzi-narimon-baqozoda“. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.