Kontent qismiga oʻtish

Narx pariteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Narx pariteti — bir tovar narxining boshqa tovar narxiga nisbati. Narx pariteti bir tovarning boshqa tovarga qanday miqdorda tenglashuvini, bir tovarni sotishdan tushgan pulga qancha boshqa tovar berilishini bildiradi. Narx pariteti oʻzgarishi bozor holatiga bogliq boʻlganida unga talab-taklif nisbati, harajatlar, narx bilan raqobatlashuv taʼsir etadi. Davlat narxning ortishi yoki pasayishini cheklab qoʻyganda bu bozor holatidan kelib chiqmaganligi sababli Narx paritetida sunʼiy siljish roʻy beradi. Narx pariteti oʻzgarishiga inflyasiya taʼsir etadi. Iqtisodiyot uchun eng maqbuli Narx paritetining bozor holatiga qarab oʻzgarishidir, chunki bu talab va taklifning oʻzgarishini, bozor nimani talab qilishini, nimani ishlab chiqarish nafli boʻlishini bildiradi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil