Nasim Rajab
Nasim Rajab | |
---|---|
Tavalludi |
8-avgust, 1935-yil |
Fuqaroligi | SSSR→ Tojikiston |
Nasim Rajab (1935-yil 8-avgust, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – yozuvchi, „SSSR maorifi aʼlochisi“, „Tojikiston madaniyati aʼlochisi“ hamda „Matbuot aʼlochisi“ mukofotlari sohibi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nasim Rajab 1935-yil 8-avgust kuni Oʻzbekiston SSRga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1960-yili Samarqand davlat universitetining tojik filologiyasi fakultetini tamomlagan. Shu yili Dushanbe shahriga koʻchib kelib, „Anboz“ gazetasida faoliyatini boshlagan[1]. U aholining muammolarini ushbu gazetada muntazam ravishda yoritib borgan. Shuningdek, koʻplab maqolalari tojik ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nasim Rajabning ilk kitobi 1987-yilda „Kundalik“ nomi ostida chop etilgan. Ushbu kitobida oʻsmirlarning hayoti va taʼlim olishi haqida soʻz boradi. Uning maktab oʻquvchilariga moʻljallangan „Muzqaymoqqa jonim fido“, „Koʻcha muallimi“, „Kutilmagan yangilik“, „Yahudiy qizning sevgisi“ va „Bobomning sirlari“ kitoblari nashr etilgan. Nasim Rajab bir qancha dramalar muallifidir. 1970-yilda yozilgan „Temirchining oʻlimi“ dramasi, 1987-yilda yozilgan „Yozilishi kerak boʻlgan“ dramasi hamda 1988-yilda yozilgan „Fara va Zira“ dramalari shular jumlasidan. Nasim Rajab 1993-yil Tojikiston yozuvchilar uyushmasi bolalar va oʻsmirlar kengashi tomonidan maxsus mukofot bilan taqdirlangan[2].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nasim Rajab 1974-yil „SSSR maorifi aʼlochisi“ unvonini qoʻlga kiritgan. 1990-yilda esa „Tojikiston madaniyati aʼlochisi“ unvoniga ega boʻlgan. 2006-yilda „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan. Nasim Rajab 2010-yil Tojikiston yozuvchilar uyushmasining „Soʻz“ nomli davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. 2013-yil esa Sadriddin Ayniy nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „САМАРҚАНДИЗОДАИ АСИЛ: ДАРГУЗАШТИ АДИБИ МАЪРУФИ ТОҶИК НАСИМ РАҶАБ“. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Насим Раҷаб: «Равнақи эҷодам аз баракати «Анбоз» аст»“. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.