Naslchilik xoʻjaligi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Naslchilik xoʻjaligi - chorva hayvonlari va parrandalarning maʼlum bir zotiga mansub mollarni urchitish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik. Naslchilik xoʻjaligi yetakchi naslchilik zavodi bilan hamkorlikda yagona seleksion dastur asosida maʼlum bir zotdagi mollarni yetishti-rib koʻpaytiradi, ularning tip va ti-zimlarini takomillashtiradi. Naslchilik ishini olib borishning asosiy usuli naslchilik zavodlaridagi kabi sof zotli urchitish boʻlib, zotdagi tizim va oilalarni takomillashtirib, podada duragay mollar boʻlsa, ularni qon singdirish usuli bilan chatishtiradi. Naslchilik zavodlaridan va chet davlatlardan keltirilgan nayelli mollarni koʻpaytirib, oʻz reproduktiv mollarini maʼlum yoʻnalishda zooveterinariya qoidalari asosida parvarish qiladi.
Shuningdek, oʻz podasini toʻldirishdan tashqari oddiy naslchilik fermalari-ga, naslchilik reproduktorlariga va dehqon (fermer) xoʻjaliklariga naslli mollar yetkazib beradi. Xoʻjalikda mollar va parrandalar har yili bo-nitirovkadan oʻtkaziladi, nasldor hayvonlarni davlat kitobiga yozishga kerakli hujjatlarni rasmiylashtiradi.
Naslchilik xoʻjaligi belgilangan tartibda qar besh yilda bir marta Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi tomonidan davlat attestatsiyasidan oʻtkaziladi. Naslchilik xoʻjaligining faoliyatiga baho berishda xoʻjalikda olib borilayotgan naslchilik ishlarining ahvo-liga, chorva mollari bosh soniga, mah-suldorligiga hamda ularning sogʻlom-ligiga alohida ahamiyat beriladi.
Oʻzbekistonda Naslchilik xoʻjaligining bir necha to-ifadagi tarmoklari tashkil etilgan. Ular naslchilik zavodlari, Naslchilik xoʻjaligilari va naslchilik fermalaridir. 2003-yilda Naslchilik xoʻjaligi toifasida jami 357 ta xoʻjalik ishladi. Barcha toifadagi Naslchilik xoʻjaligilarining 44 tasini naslchilik zavodlari, 66 tasini Naslchilik xoʻjaligilari va 247 tasini naslchilik fermalari tashkil etdi. Qoramolchilikda 16 zavod, 24 xoʻjalik va 212 naslchilik fermasi, qorakoʻlchilikda 18 zavod, 13 xoʻjalik va 3 ferma, dumbali qoʻychilikda 2 zavod, 3 xoʻjalik va 14 ferma, echkichilikda 1 ta zavod, 2 ta xoʻjalik va 4 ta ferma, yilqichilikda 3 ta zavod, 1 ta xoʻjalik va 11 ta ferma, tuyachilikda 2 ta ferma, parrandachilikda 1 ta zavod, 1 ta I-tartibli va 1 ta I-tartibli reproduktor xoʻjaligi, baliqchilikda 1 ta zavod, choʻchqachilikda 2 ta xoʻjalik, asal-arichilikda 2 ta xoʻjalik, 2 ta ferma va tut ipak qurti boʻyicha 3 ta naslchilik st-yasi va 15 ta naslchilik zavodi mavjud (2003) (yana qarang Davlat naslchilik zavodi).
Izatulla Eshmatov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |