Kontent qismiga oʻtish

Nastiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Nastiya (yun. nastos — zich, tarang) — oʻsimlik barglari, gulbarglari va boshqa qismlarining tashqi omillar (yorugʻlik, harorat va boshqalar) taʼsirida harakat qilishi. N. hujayralarning notekis oʻsishi yoki ulardagi taranglik holatining turlicha oʻzgarishi natijasida sodir boʻladi. Epinastiyada oʻsimlikning uchki qismi tez oʻsadi (Mas, kurtak yoki gʻuncha ochganda), gipona-stiyada esa pastki qismi tez oʻsadi (Mas, gullash tugagandan keyin gul qoplamining tutashib ketishi). Taʼsir etadigan omillarga koʻra, fotonas-tiya (yorugʻlik taʼsirida), termonastiya (harorat oʻzgarganda), niktinastiya (kun bilan tun almashganda), seysmonastiya (mexanik taʼsir yoki tebranish taʼsirida), xemonastiya (baʼzi moddalar taʼsirida) farq qilinadi. Oʻsimliklarning hasharotlar yordamida chetdan changlanishida, gulni noqulay sharoitdan qimoya qilishda va boshqa xrllarda N.ning ahamiyati katta.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil