Kontent qismiga oʻtish

Natalya Bardo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Natalya Bardo
Ната́лья Серге́евна Бардо́
Tavalludi Наталья Сергеевна Кривозуб
5-aprel 1988-yil
Kasbi Aktrisa, qoʻshiqchi, model, teleboshlovchi
Faoliyat yillari 2006-hozirgacha
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR - Rossiya bayrogʻi Rossiya
Veb-sayt http://bardonata.com/

Natalya Sergeyevna Bardo (Krivozub; 1988-yil 5-aprel, Moskva) – rus teatr va kino aktrisasi, model, qoʻshiqchi va teleboshlovchi. U „Dom-2“ realiti-shousida Krivozub familiyasi bilan ishtirok etgan.

Natalya Krivozub (2010-yildan – Bardo) 1988-yil 5-aprelda Moskvada tugʻilgan[1]. Otasi Sergey Ivanovich Krivozub – sovet yengil atletikachisi, 1973-yilda Duysburgda (GFR) oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida langar bilan sakrash boʻyicha gʻolib boʻlgan. Onasi xususiy tadbirkorlik bilan shugʻullangan. Ota-onasi Natalya hali kichkina paytida ajrashishgan. U onasi tarbiyasida oʻsgan. 2010-yilda Natalya Krivozub familiyasini onasining familiyasi – Bardoga oʻzgartirgan. Aktrisaning aytishicha, uning ona tomonidan buvisining buvisi Fransiyada yashagan va parfyumer Fransisko Bardoga turmushga chiqqan[2].

Maktab davrida u sanʼat maktabiga qatnagan, basketbol, balet va badiiy gimnastika bilan shugʻullangan. Bolalar musiqa maktabida fortepiano sinfida tahsil olgan. U vokal bilan ham shugʻullanadi.

„Moskva bank instituti“ xususiy oliy oʻquv yurti qoshidagi Moskva bank iqtisodiyot kollejini (MBEK) „Bank ishi“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Bundan tashqari, u modellik biznesi va aktyorlik maktabini ham bitirgan. 2012-yilda Boris Shukin nomidagi Teatr institutining qoʻshimcha taʼlim boʻlimini „Aktyorlik mahorati“ yoʻnalishi boʻyicha tugatgan (badiiy rahbari – dotsent Mixail Malinovskiy).

Oʻn sakkiz yoshida birinchi marta kinoda suratga tushdi. U rejissyor Natalya Bondarchukning „Pushkin. Oxirgi duel“ (2006) nomli dramatik badiiy filmida Liza rolini ijro etdi.

2015-yilning yozida Marat Basharov bilan hamkorlikda „Birinchi kanal“da „Janob va Xonim OAV“ nomli koʻngilochar telekoʻrsatuvni olib borgan[3][4][5][6].

  1. „Яндекс“ (ru). www.kinopoisk.ru. Qaraldi: 2024-yil 18-oktyabr.
  2. „Наталья Бардо. Биография, фильмография, фотографии, новости“. Сайт «Вокруг ТВ» // vokrug.tv. 2016-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-oktyabr.
  3. Ирина Петровская. „Мистер и миссис СМИ начинают и заканчивают. — Политический юмор на ТВ проигрывает творцам и участникам серьёзных шоу“. «Новая газета» // novayagazeta.ru (2015-yil 25-iyun). 2016-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-oktyabr.
  4. „«Мистер и миссис СМИ»: Марат Башаров и Наташа Бардо представят картину дня“ (en). Вокруг.ТВ (2024-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-oktyabr.
  5. Ольга Сабурова. „«Мистер и миссис СМИ»: разочарование неумелых потуг“. Газета «Собеседник» // sobesednik.ru (2015-yil 10-iyun). 2016-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-oktyabr.
  6. Александр Мельман. „Лёгкий жанр. — Теленеделя с Александром Мельманом“. Газета «Московский комсомолец» // mk.ru (2015-yil 18-iyun). 2017-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-oktyabr.