Kontent qismiga oʻtish

Natalya Derjavina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Natalya Derjavina
Tugʻilgandagi ismi Natalya Vladimirovna Derjavina
Tugʻilgan sanasi 1-oktyabr 1942
Tugʻilgan joyi Тoshkent, O‘zbekiston SSR, SSSR
Vafot sanasi 10-mart 2002 (59 yosh)
Vafot joyi Моskva, Rоssiya
Fuqaroligi  SSSR
 Rossiya
Kasbi aktrissa, qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchi
Mukofotlari TEFI
IMDb ID 4984

Natalya Vladimirovna Derjavina (1942-yil 1-oktabr, Toshkent — 2002-yil 10-mart, Moskva) — S. V. Obrazsov nomidagi qo‘g‘irchoq teatri aktrisasi, „Xayrli tun, bolalar!“ dasturida Xryushaga ovoz berib o‘ynatgan, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artist(1995), „TEFI“ mukofoti laureati (1997)[1].

Natalya Derjavina 1942-yil 1-oktabrda oilasi evakuatsiya qilingan Toshkent shahrida tug‘ilgan[2]. 17 yoshida Natalya Moskva qo‘g‘irchoq teatriga qabul qilingan, u yerda 1959-yildan 1968-yilgacha hamda 1974-yildan 1990-yilgacha ishlagan[2]. 1971-yilda Xryusha rolini olgan. Ushbu rol uchun Derjavina Sergey Obrazsovning qo‘g‘irchoq teatrini tark etishga majbur bo‘lgan. Aktrisaning ikki o‘g‘il farzandi bo‘lgan[3].

Kasallik va oʻlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natalya Derjavina hayotining so‘nggi oyida kasallik tufayli o‘z qahramoniga ovoz bera olmagan. O‘limidan biroz oldin aktrissa og‘ir ahvolda Moskvadagi 20-shahar kasalxonasiga yotqizilgan. Aktrisaning oyog‘ida katta yiringli yara bo‘lgan, shoshilinch operatsiya qilish lozim bo‘lgan. Biroq, shifokorlar aytganidek, intoksikatsiya va zaif yurak o‘limga olib kelgan[4].

Natalya Derjavina 2002-yil 10-martdan 11-martga o‘tar kechasi 60 yoshida Moskvada vafot etgan. Dolgoprudnenskiy qabristoniga dafn etilgan (№ 141a uchastka)[5].

  • Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artist (1995-yil 17-mart) — sanʼat sohasidagi xizmatlari uchun
  • „TEFI“ mukofoti (1997)[1].
  • Сергей Капков. Энциклопедия отечественной мультипликации, 3000 экз, М.: Алгоритм, 2006 — 237—238-bet. ISBN 5-9265-0319-4.