Kontent qismiga oʻtish

Natalya Dianskaya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Natalya Dianskaya

Dianskaya 2014-yilda
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻiRossiya
Tavallud sanasi 17-mart 1989-yil (1989-03-17) (35 yosh)
Navoiy, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 186
Vazni 69
Sport
Qaysi sport Voleybol
Pozitsiyasi markaziy bloker

Natalya Yevgeniyevna Dianskaya (7-mart, 1989-yil, Navoiy) — asli oʻzbekistonlik Rossiya voleybolchisi, markaziy bloker, xalqaro toifadagi sport ustasi.

Natalya Dianskaya Oʻzbekistonning Navoiy shahrida tugʻilgan, bolaligida oilasi bilan Cherepovetsga koʻchib oʻtgan. Cherepovets SDYUSSHORda murabbiy Tatyana Borisovna Myasnikova[1] bilan voleybol oʻynashni boshlagan, 2004-yilda Severstal jamoasiga qoʻshilgan.

2005-yilda Rossiya oʻsmirlar terma jamoasi tarkibida Tallindagi Yevropa chempionatida kumush medal va „eng yaxshi bloker“ sovrinni qoʻlga kiritdi. Makaodagi jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2006-yilda yoshlar toifasidagi jamoada, Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida eng yaxshi oʻyinchi boʻlgan[2].

2008-yilda Natalya Dianskaya „Severstal“dan Krasnodarning „Dinamo“siga[3] oʻtdi. 2008—2009-yilgi mavsumda yangi jamoasi bilan Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Mavsum oxirida Fakelga klubiga oʻtdi, keyingi ikki yil davomida Novy Urengoy jamoasida oʻynadi.

2011-yilda ilk klubi — „Severstal“ga qaytdi. Ushbu jamoada ikki mavsum oʻynadi. 2012—2013-yilgi Rossiya chempionatida dastlabki bosqichdan keyin blokda toʻplangan ochkolar boʻyicha 4-oʻyinchi boʻldi. Chempionat yakunlariga koʻra, „Severstal“ elit divizionni tark etdi, Natalya Dianskaya „Dinamo Krasnodar“ bilan shartnoma imzoladi[4].

Keyin esa Rossiya terma jamoasi murabbiyi Yuriy Marichev Natalyani terma jamoaga taklif qildi[5].

2013-yil yozida Montreux Volley Masters turnirining kumush medali sovrindori, Yeltsin kubogi va Qozondagi Universiada gʻolibi boʻldi. 11-avgust kuni Yekaterinburgdagi Gran-pri turnirida u Rossiya terma jamoasi safidagi ilk rasmiy oʻyinni oʻtkazdi[6]. Sentyabr oyida terma jamoa bilan Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi.

2014—2015-yilgi mavsumda „Dinamo Krasnodar“ tarkibida „Oltilik“ning „eng yaxshi blokeri“ sovrini, Yevropa voleybol konfederatsiyasi kubogi va klublar oʻrtasidagi jahon chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritdi.

Natalya Dianskaya Rossiya terma jamoasining rasmiy oʻyinlarida
Oʻyinlar Ballar
2013-yilgi Gran-pri 1
Yevropa chempionati 2013 6 9 (3, 3, 3)
Jahon chempionlar kubogi 2013 5 17 (7, 10, 0)
Jami 12 26 (10, 13, 3)
  1. „«Игра — это всегда борьба»“. Газета «Речь» (2009-yil 24-yanvar). 2020-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-avgust.
  2. „Azzurrine d'oro agli Europei“ (it). dallarivolley.com (2006-yil 4-sentyabr). 2008-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-avgust.
  3. „Владимир Синицын: «На вершине — хорошо!»“. «Независимая спортивная газета» (2009-yil 13-yanvar). 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-avgust.
  4. „Кутюкова и Дианская покидают «Северсталь»“. «Спорт-Экспресс» (2013-yil 19-may). 2013-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-avgust.
  5. „Дианская в сборной России“. «Медиа-Центр» (2013-yil 3-iyun). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-avgust.
  6. „Авитал Сэлинджер: «При Маричеве сборная России не будет играть предсказуемо»“. «Спорт-Экспресс» (2013-yil 11-avgust). 2013-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-avgust.