Kontent qismiga oʻtish

Natriy lampa

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Natriy lampa — gaz razryadli yorugʻlik manbai. Natriy (Na) bugʻlarida elektr razryadi yuz berganda optik diapazondagi nurlanish (yorugʻlik) pay-do boʻladi. Past bosimli va yuqori bosimli turlari bor. Past bosimlisi natriy bugʻlari va inert gazlar aralash-masi toʻldirilgan shisha naychadan iborat. Bunday lampa sariq nur sochgani uchun umumiy yoritishda ishlatilmaydi. Undan avtomobil yoʻllarini yoritish, shahar koʻchalarini bezatish uchun foydalaniladi.

Yuqori bosimli Natriy lampaning naychasi natriy bugʻlarida yuqori (1200° dan yuqori) temperaturagacha elektr razryadiga chidaydigan polikristall (Mas, A12O3)dan tayyorlanadi. Naychadagi havo soʻrib olinga-nidan soʻng unga natriy, geliy va inert gaz toʻldiriladi. Bunday lampa nafis oltin rang yorugʻlik sochgani uchun ichki va tashqi yoritish tarmoklarida ishlatiladi. Natriy lampa elektr tarmogiga ishga tushirish-rostlash apparatlari orqali ulanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil