Kontent qismiga oʻtish

Natrolit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Natrolit (natriy va yun. lithos -tosh) — seolitlar guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Na2 Al2 Si2 O82N2O, baʼzan Na oʻrnida K va Sa boʻlishi mumkin. Kristallokimyoviy strukturasi tipi boʻyicha karkasli alyu-mosilikatlarga kiradi. Rombik va tet-ragonal singoniyalarda kristallanadi. Kristallari, asosan, ingichka ignasimon, shuningdek, radial-nursimon, tolasimon. Donali zich uyumlardan iborat. Odatda rangsiz, kulrang yoki sar-gʻimtir, qizgʻish. Shishasimon yaltiroq yoki sadafsimon. Qattiqligi minera-logik shkala boʻyicha 5—5,5; zichligi 2,2 - 2,5 g/sm3.

Suv, NH3, CO2, H2S va boshqa moddalarni oʻziga singdira oladi. Sanoatda per-mutitlar (sunʼiy alyumosilikatlar) tayyorlashda ishlatiladi. N. qaynoq suvli eritmalarning vulkan jinslaridagi boʻshliq va yoriqlarda seolit, kalsit, kvars, xlorit bilan birga choʻkishidan hosil boʻladi. Oʻzbekistonda Qura-ma togʻlarida (ayniqsa, Oqtepa, Kalmoqqir, Qoʻrgʻoshinkon va boshqalar), shuningdek, Beltovda (Qizilqum) maʼlum.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil