Nauan Hazrat masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Nauan Hazrat masjidi
«Nauan Haziret» meşiti
Mamlakat  Qozogʻiston
Hudud Oqmoʻla viloyati
Shahar Koʻkshetau
Gumbazlar soni 1 ta asosiy, 6 ta yonaki
Gumbaz balandligi {convert|25|m|adj=on}}
Gumbaz yoʻgʻonligi 12
Minoralar balandligi 45.5-metr (149 ft)
Qurilish materiallari Beton, granit va marmar

Nauan Hazrat masjidi (qozoqcha: «Науан Хазірет» мешіті; ruscha: Мечеть «Науан Хазрет») – Qozogʻistonning shimoliy qismidagi Oqmoʻla viloyatining poytaxti Koʻkshetau shahri markazidagi masjid. 2010-2015-yillarda shahar aholisining xayriya mablagʻlari hisobidan qurilgan minoralari 45.5 metr (149 ft), gumbazi esa 25 metr (82 ft) balandlikka ega.

Masjid 2015-yil 16-sentyabrda jamoat foydalanishi uchun ochilgan. Masjidning umumiy maydoni 5,138 m2 (55,300 kv. ft) boʻlib, u oʻzida 1200-1400 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Ibodat qiluvchilar ibodat paytida jinsiga qarab ajratiladi; ayollar ikkinchi qavatda (balkonda), erkaklar birinchi qavatda namoz oʻqishadi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid Koʻkshetaudagi eng katta masjidlardan biri hisoblanadi. Masjid musulmon axloqini targʻib qilgan ilohiyot olimi, chor Rossiyasida qozoqlar haq-huquqlari uchun kurashgan, boʻysunmas jangchi sifatida tanilgan Naurizbay Talasov (1843—1916) nomi bilan atalgan.

Dizayni va qurilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid qurilishi 2010-yilning mart oyida boshlangan[2], 16-sentyabr kuni esa masjidning rasmiy ochilish marosimi boʻlib, shaharning noyob obyektlari roʻyxatiga kiritilgan[3]. Masjid qurilishida eng yangi va zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan.

Masjidning umumiy maydoni (atroflaridagi bogʻlar bilan) 15,279 m2 (164,460 kv. ft) ni tashkil etadi. Masjidning oʻzi esa 5,138 m2 (55,300 kv. ft) lik maydonda joy olgan. Masjidning dizayni klassik islom uslubiga monand tarzda, qozoq naqshlari bilan bezatib shakllantirilgan. Masjidning asosiy zali tomiga gumbaz (diametri – 12 m [39 ft], balandligi— 25 m [82 ft]) oʻrnatilgan. Masjid atrofidagi toʻrtta minoralarning balandligi 45.5 m (149 ft) ni tashkil etib, ular Oqmoʻla viloyatidagi eng baland minoralar hisoblanadi. Masjidning tashqi va ichki devorlari aglay, travertin bilan bezaklangan, ichki dizaynda oq marmardan keng foydalanilgan. Bu yerda umumiy hisobda 45 dona qandil mavjud[4].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]