Kontent qismiga oʻtish

Navmetan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

NavmetanBuxoro viloyati, Buxoro tumani Kunjiqal’a va Navmetan fuqarolar yigʻini hududidagi aholi pukti nomi. Ushbu nom asosida Buxoro tumanining Yuqori Navmetan, Oʻrta Navmetan, Quyi Navmetan toponimlari vujudga kelgan[1]. Navmetan toponimi ikki qismdan tashkil topgan: nav+metan. Nav — „yangi“, metan esa „yoʻl oldidagi, yaqinidagi aholi maskani“, "yoʻlga yaqin qal’a, qishloq, qoʻrgʻon. Metan soʻzi respublikamizning koʻplab hududlarida uchraydi. S.Qoriyev fikriga koʻra, V. Y. Vyatkin "Farmitan toponimi tarkibidagi mitan soʻzi „istehkom“, „qal’a“ degan maʼnolarni angladi" degan fikrni keltirgan. Buxoro viloyatida Navmetan, Romitan, Armetan kabi nomli toponimlar ham mavjud. Navmetan "yangi qal’a, „yangi qoʻrgʻon“ kabi nomlarni anglatadi. Vengriyalik sharqshunos va sayyoh Arminiy Vamberi 1865-yil yozilgan „Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi“ asarida Xiva xonligi boʻyicha toʻplagan 32 urugʻ va qabila qatorida 20-raqam ostida metan yoki miton etnonimini qayt qilgan. Buxorolik tarixchi Narshaxiy oʻzining Buxoro tarixi asarida Romitan (Romtin) „Buxorodan qadimiyroq“ degan. „Novmetan“ toponimi kelib chiqishi toʻgʻrisida xalq orasida koʻplab rivoyatlar mavjud. Tadqiqotchi Nodira Azizova oʻsha yerda istiqomat qilayotgan aholi bilan soʻzlashib, Qoʻrgʻon shahar boʻlib, yoshi qadimiy Buxoro bilan teng. Buxoro chuqurlikda joylashganligi sababli doʻllar, sellar, suv toshqinlari koʻp boʻlgan. Qadimda dushmanlarning bostirib kirishi ham niyohatda koʻp boʻlib, qahatchilikdan 9 nafar kishi jon saqlashga ulgurgan. Omon qolgan 9 kishi „Noʻmitan“ yaʼni fors-tojik tilida no- toʻqqiz hamda metin, chidamli, irodasi mustahkam degan maʼnoni anglatadi[2].

  1. Rajabov Q, Hayitov Sh, Sodiqov F. Buxoro tuman tarixi (qisqacha ma’lumotnoma). Toshkent: Tafakkur, 2015 — 52-bet. 
  2. Adizova N. Buxoro tumani toponimlari. Toshkent: Navro’z, 2020 — 126-bet.