Navroʻz Rizayev
Navroʻz Ibodullayevich Rizayev (1969-yil 28-martda tugʻilgan, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek filologi va siyosatchisi, 2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis IV-chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Navroʻz Ibodullayevich 1969-yil 28-martda Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1996-yilda Tbilisi davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1988-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanidagi 37-maktabda voleybol toʻgaragi rahbari sifatida boshlagan. 1993-2006-yillarda „Oʻzteleradiokompaniya“ tizimida Oʻzbekiston radiosi „Axborot“ tahririyati sharhlovchisi, „Oʻzteleradiokompaniya“ raisi oʻrinbosari, „Axborot“ tahririyati direktori oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2002-2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Idoralararo apellyatsiya sudida muvofiqlashtiruvchi komissiya yetakchi mutaxassisi, 2016-2017-yillarda „Oʻzbekiston“ telekanali katta muharriri lavozimlarida ishlagan. 2017-yildan buyon „Oʻzbekiston 24“ Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi axborot-tahliliy dasturlar boʻlimi katta muharriri lavozimida ishlab kelmoqda. 2020-yilda Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek, parlamentning Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish qoʻmitasi a’zosi etib saylangan[1].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2000-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.
- 2019-yilda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-noyabr.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |