Kontent qismiga oʻtish

Navroʻzguldoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Navroʻzguldoshlar (Primulaceae) - tutash tojbargli ikki urugʻpallali, bir va koʻp yillik oʻsimliklar oilasi. Poyasi yarim buta, yaxshi rivojlanmagan, boʻgʻiz bargli. Barglari oddiy, tukli. Gullari toʻgʻri, ikki jinsli, mevasi koʻsak. 23 turkumga mansub 1000 ga yaqin turi bor. Mas, navroʻzgul, siklamen, sedmichnik va boshqa uchraydi. Baʼzilari manzarali (Mas, siklamen, navroʻzgul va boshqalar). Hasharotlar yordamida changlanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil