Nayza (naqsh)
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nayza (amaliy sanʼatda) — naqsh turi; naqqoshlikda uchi oʻtkir ov va jang quroli (nayza)ning uslublashtirilgan shaklining takrorlanishidan hosil boʻladi. Sopol va metall buyumlar bezak mujassamotida keng qoʻllanadi, hoshiya naqshlar orasiga ishlanadi. N. barg (oʻsimlik bargiga oʻxshash), N. boʻyin (osti boʻgʻim-boʻgʻim N. shaklida), N. gul (oʻrtada tik chiziq, yuqori va quyida ikki tomonga qarata chiqarilgan shoxlari, yonlarida novdalari boʻladigan), N. madohil (tut daraxtining kaychi bargi kabi uchli) kabi xillari bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |