Kontent qismiga oʻtish

Nayzabarg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nayzabarg (Sagittaria) —bulduruqoʻtdoshlarga mansub koʻp yillik ildizpoyali oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda uch yaproqli Nayzabarg (S.trifolia) oʻsadi. Barglari ildiz boʻgʻzidan 60—100 sm gacha oʻsadi, nayzasimon, uchi oʻtkir, bandi uzun. Gullari oq, poyaning uchida oddiy yoki shoxlangan shoda holida, asosan 3 halqa boʻlib joylashgan. Iyun-sentabrgacha gullab mevalaydi. Mevasi yongʻoqcha. Ildizpoyasidan nayzabarg, tuganakli novdalar oʻsadi. Tuganagi va urugʻidan koʻpayadi. Bir tupi 10 mingtagacha urugʻ tugadi. Urugʻlari shamol va suv orqali tarqaladi. 18—26° haroratda unib chiqadi. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Sholipoyalarga katta zarar yetkazadi. Asosan, sugʻorish va tashlandiq ariq va kanallar boʻylarida oʻsadi.

Kurash choral ari: urugʻlikni tozalash, ekinni siyrakroq ekish; gerbitsidlar purkash.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil