Nazarbek zilzilasi
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Nazarbek zilzilasi - 1980 y 10 dekabrda Toshkent shahrining gʻarbidagi Nazarbek qishlogʻida roʻy bergan. Zilzila kuchi 12 balli MSK—64 shkalasi boʻyicha 8 ballga teng. Rixter shkalasi boʻyicha magnitudasi M=5,4 boʻldi. Zilzila natijasida aksariyati xom gisht va paxsadan qurilgan uylar shikastlangan. Toshkent shahrining Nazarbekka tutash qismidagi imoratlarda ham koʻplab yoriqlar paydo boʻlgan, ayrim devorlar qulagan va hokazo. Bir-ikki yil davomida zilzilaning koʻp marta qayta silkinishi (aftershoklar) kuzatilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |