Nazif Shahroniy
Nazif Shahroniy (1955-yil 13-noyabr, Afgʻoniston) - oʻzbek millatiga mansub amerikalik antropolog va siyosatshunos.
Nazif Shahroniy Afgʻonistonning Badaxshon viloyatiga koʻchib kelgan Andijonliklar oilasida tugʻilgan. Nazif Shahroniy boshlangʻich taʼlimini Badaxshonning Yurm viloyatidagi Shahroni-Xaash qishlogʻida tugatgan. Afgʻonistonning Kobul universiteti taʼlim fakultetiga oʻqishga kirishdan oldin u Kobuldagi Ibn Sino oʻrta maktabida va Kobul Darul Mualiminda (Kobul oʻqituvchilar malakasini oshirish oʻrta maktabida) oʻqigan.
1967-yilda Kobul Universitetida u Gavayi Universitetining Sharq-Gʻarbiy Markazi tomonidan stipendiya bilan taqdirlandi va u yerda Antropologiya (1970) boʻyicha bakalavr diplomini oldi. Magistr va doktorlik darajalarini oldi (Vashington Universiteti, Sietl, 1972–1976). U tarixda AQShda madaniy antropologiya sohasida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan birinchi oʻzbek boʻldi.
1972-yildan 1974-yilgacha Shahroniy Afgʻonistonning shimoli-sharqidagi Vaxon shahrida Pomirdagi pastoral koʻchmanchi qirgʻizlar va ularning Vax qoʻshnilari orasida antropologik dala tadqiqotlarini olib bordi.
Shahroniy 1990-yilda Indiana Universitetiga koʻchib oʻtguniga qadar Amerikaning bir qancha universitetlarida, jumladan Harvard universiteti, Nevada universiteti - Reno, Stenford universiteti va UCLA da Yaqin Sharq tadqiqotlari markazida ilmiy va oʻqituvchilik lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, u Smitson institutida ilmiy xodim boʻlgan (1997–98)].[1].
1967-yildan-Bloomington universiteti professori (Indiana, AQSh). Hozirda Antropologiya professori, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqshunoslik, Yaqin Sharq va Islomshunoslik dasturining direktori, Indiana universiteti Yaqin Sharq tillari va madaniyati kafedrasi mudiri, Bloomington, Indiana, AQSh.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Official Biography (Wayback Machine saytida 2020-02-17 sanasida arxivlangan) Indiana University - Bloomington, IN USA.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- The Kirghiz and Wakhi of Afghanistan: Adaptation to Closed Frontiers and War. Seattle. University of Washington Press, 2002.
- Revolutions and Rebellions in Afghanistan: Anthropological Perspectives. M. Nazif Shahrani and Robert L. Canfield, eds. Berkeley, Institute of International Studies, University of California, 1984.
- The Kirghiz and Wakhi of Afghanistan: Adaptation to Closed Frontiers. Seattle, University of Washington Press, 1979.