Nazir akbarobodiy
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Nazir akbarobodiy (taxallusi; asl ism-sharifi Sayid Vali Muhammad, 1735, Dehli — 1830, Agra) — hind shoiri. Urdu tilida ijod qilgan ilk xalq shoiri. U sheʼriyatga oddiy mehnatkash obrazini olib kirgan. Doston, gʻazal, ruboiy, masnaviy, qasida hamda hajviy sheʼrlar yozgan. Ijodida dunyo va axli dunyo mavzusi katta oʻrin egallaydi. N.A. tabiat manzaralari, turli xalq sayillari, hindular, musulmonlarning bayramlarini yuksak badiiy mahorat bilan, jonli tarzda bayon qilgan. "Odamnoma", "Banjarnoma", "Oqibat", "Yomgʻir mavsumi manzarasi", "Kashshoqlik", "Baxti qaro shahar" kabi asarlari mashhur.
N.A. sharq adabiyotida keng tarqalgan Farhod va Shirin, Layli va Majnun syujetlari bilan bir qatorda qad. hind adabiyotidagi (Ram va Sita, Nala va Damayantiy), shuningdek, panjob ogʻzaki ijodidagi obrazlarga (Hiyr va Ranjha) ham murojaat qilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |