Kontent qismiga oʻtish

Ndola

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ndola — Zambiyaning shim.-gʻarbiy qismidagi shahar. Kopperbelt provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 380 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Temir yoʻl tuguni. Mis mintaqasining savdo markazi. Dorussalom —Ndola neft quvurining soʻnggi punkti. Mamlakat rangli metallurgiya sanoatining asosiy markazi. Neftni qayta ishlash, kimyo, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, shina zavodlari, oziq-ovqat, metallsozlik, sement, mebel sanoati korxonalari, issiklik elektr st-yasi bor. Shaharga 1902-yilda asos so-lingan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil