Neapol shevasi
Neapol shevasi haqida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Neapol shevasi - (boshqacha "neapolitan shevasi) Italiyaning Neapol viloyatida tarqalgan shevadir. Bu sheva o'zining qadimiyligi bilan ajralib turadi. UNESCO tashkilotining qaroriga asosan neapol shevasi "o'lib borayotgan" til sifatida nomoddiy meroslar ro'yxatiga kiritilgan.
Neapolitan shevasining qurilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Neopolitan dialektini oʻrganish italyan tilidan xabari bor oʻquvchi uchun u darajada muammo yaratmaydi, ammo ba’zi bir jihatlari borki, uni faqat neapol dialekti sohibi tushuntirib berishi mumkin. Neapolitan dialekti bir qarashda tushunarsiz tovushlar yi’gʻindisiday koʻrinadi. Lekin bu dialektning ham oʻziga yarasha gap qurilishi tartibi, grammatikasi va boshqa qoidalari mavjud.
Neapolitan alifbosi 26 harfdan iborat va undoshlar talaffuzi qaysidir ma’noda italyan tilidagi undoshlar bilan mos tushadi, lekin unlilar talaffuzi oʻzgachadir. Misol uchun, “o” hamda “e” harflari soʻz oxirida yo umuman talaffuz qilinmaydi yo boshqa unliga aylanadi.
Misol uchun, “parlo” (gapiryapman) soʻzidagi “o” harfi fransuz tilidagi “e”ga monand talaffuz qilinadi, ya’ni “parle”, yoki umuman talaffuz qilinmaydi. Neapolitan dialekti tovushlari bilan ham tanishib chiqsak:
Tovushlar | Talaffuzi |
---|---|
c | Italyan tilidagi kabi talaffuz qilinadi: ci [chi], ce [che] va ch [k] |
ê va ô | Uzun unlilar |
y | “y” tovushidek talaffuz qilinadi [ieri] |
à, ì, ò | Italyan tilidagi kabi talaffuz qilinadi |
é | “viceré” soʻzidagi kabi yopiq unli |
è | “caffè” soʻzidagi kabi ochiq unli |
e | Italyan tilidagi kabi, lekin soʻz oxirida fransuz tilidagidek yoki “yo” shaklida talaffuz qilinadi [napule] |
H | Soʻz boshida talaffuz qilinadi |
Orfografiya tomondan Neapolitan tilida undoshlar tez-tez ikkilanib turadi. Misol uchun, italyan tilidagi “fame” (och) soʻzi neapolitan tilida “famme” koʻrinishida, “camice” (kiyim) soʻzi esa “cammece” tarzida yoziladi.
Neapolitan dialektida otlar 3 ta rodga ega: mujskoy, jenskiy va sredniy. Har bir rod uchun quyidagi artikllar ishlatiladi:
Rod | Artikl |
---|---|
Mujskoy rod birlikda | ‘o |
Jenskiy rod birlikda | ‘a |
Sredniy rod birlikda | ‘o (sredniy roddagi otlarni boshidagi ikkilangan undosh yordamida ajratish mumkin) |
Unli bilan boshlanuvchi hamma rod | ll’, l’ |
Mujskoy rod koʻplikda | ‘e |
Jenskiy rod koʻplikda | ‘e (soʻz boshida undosh ikkilanadi) |
Mujskoy rod otlari koʻpincha “o” bilan, jenskiy rod otlari esa “a” bilan tugallanadi. Koʻplik shaklda hamma otlarning ham soʻng harfi oʻzgarmaydi. Eng yaxshi usul otning artikliga qarash.
Neapolitan dialektining noaniq artikllari quyidagilar: na – undosh bilan boshlanuvchi birlikdagi jenskiy rod otlari oldidan; nu - undosh bilan boshlanuvchi birlikdagi mujskoy rod otlari oldidan; n’ – unli bilan boshlanuvchi istalgan rod otlari oldidan. Misol uchun, nu sicchio (un secchio), n'àceno (un chicco) va na fémmena (una donna), n'ammènnola (una mandorla).
Neapolitan dialektida asosiy predloglar a, 'a, cu, d' / 'e, pe, tra, nfino a, addu. Quyidagi istisnolardan tashqari bu dialektda predloglar artikllar bilan qoʻshilishmaydi:
â = a + 'a = alla ê = a + 'e = ai, agli, alle ô = a + 'o = al, allo
Neapolitan dialektida sifatlar shaxs-son, rodga koʻra oʻzgaradi, masalan: ‘a scigna janca – “la scimmia bianca” (oq maymun).
Olmoshlar ham italyan tili olmoshlaridan ozmi-koʻpmi farq qiladi. Olmoshlar shaxs-son hamda otning rodiga qarab turlanadi. Misol uchun, kishilik olmoshlari io, tu, essa/isse, nuje, vuje, isse/loro, italyan tili kishilik olmoshlari esa mos ravishda io, tu, lei/lui, noi, voi, loro. Koʻrib turganimizdek, orfografik jihatdan farq mavjud. Bundan tashqari neapolitan tilida olmoshlarning yana besh turi mavjud. Egalik olmoshlarida esa ma’lum bir oʻxshashlik saqlanib qolgan, ya’ni neapolitan dialektida mio, tujo, sujo, nuosto, vuosto, (l)loro va italyan tilida mos ravishda mio, tuo, suo, nostro, vostro, loro boʻladi hamda oʻzbek tilida egalik olmoshlari kishilik olmoshlariga qaratqich kelishigini qoʻshish orqali hosil boʻladi. Koʻrsatish olmoshlari imlosida va talaffuzida ba’zi bir oʻziga xosliklar mavjud. Koʻrsatish olmoshlari matn konteksidan kelib chiqgan holda sifatlarning oʻrnida ishlatilishi mumkin.
Neapolitan dialektida ham fe’llarning 3 shakli mavjud boʻlib, toʻliqsiz shaklida -à, -é yoki -ere va -í bilan yakunlanadi. Eslatib oʻtish lozimki, italyan tilida toʻliqsiz fe’llar –are, -ere va -ire suffikslari bilan yakunlanadi. Tuslanishning ikki turi mavjud. Bular –à bilan yakunlanuvchi fe’llar uchun hamda qolgan fe’l shakllari uchun. Neapolitan dialektida asosiy 3 fe’l zamoni mavjud boʻlib, hozirgi zamondan boshqa zamonlar italyan tili kabi zamon tarkibidagi zamonlarga boʻlinadi. Har bir zamon uchun fe’llar shaxs va sonda tuslanadi. Ingliz, fransuz, ispan tillari kabi italyan tilida ham, shu jumladan neapolitan dialektida ham fe’llarning toʻgʻri va notoʻgʻri shakllari bor.
Neapoletan lahjasida yozilgan matnlarning lingvistik tahlili
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yuqorida biz neapolitan dialektining grammatikasi toʻgʻrisida ozmi-koʻpmi ma’lumotga ega boʻldik. Endi esa neapolitan tilida yozilgan matnlarning lingvistik tahliliga e’tibor qaratamiz, ya’ni dialektda yozilgan gaplarning italyan tiliga tarjimasi qanday boʻlishi va qanday oʻzgarishlar boʻlishiga e’tibor qaratamiz.
Masalan, neapolitan tilidagi quyidagi gapni olaylik:
Sì bell, ma nun abball
Bu gap italiyan tiliga “sei bello, ma non sei ballare” deb tarjima qilinadi, ya’ni “sen goʻzalsan, biroq sen raqs tushmas ekansan”. Koʻrinib turibdiki, neapolitan dialekti bilan uning italyan tilidagi koʻrinishi orasida biroz farq bor. Gap boshida kelgan “sì” biz oʻrganyotgan “ha” ma’nosida kelmayapti, u “essere” fe’lining ikkinchi shaxs birlik shaklidir va “-san” degan ma’noda kelyapti. “Essere” fe’li neapolitan dialektida “songo, sì, é, simmo, site, songo” shakllarida tuslanadi. “Bell” soʻzida tovush tushishi sodir boʻlgan. “Abball” esa “ballare” fe’lining neapolitancha koʻrinishidir. Keyingi misolga oʻtsak:
T’attigg e t’amarigg ma te cunosc’n a Pariggi
[tatijj e tamarijj ma te kunuskna Parijj]
Bu gap italyan tiliga “ti atteggi e ti amareggi ma ti conoscono a Parigi?” deya tarjima qilinadi. Oʻzbek tiliga majozan “sen oʻzingni koʻp narsani bilganday tutasan, lekin Parijni bilasanmi?” deb oʻgiriladi. Gapni tahlil qiladigan boʻlsak, orfografik jihatdan soʻzlar italyan tilidagi soʻzlarga oʻxshab ketadi. Talaffuz qilishda qulay boʻlishi uchun neapolitan dialektiga xos boʻlgan soʻzlarning birlashishi kuzatiladi. Bu gapda ham shu hodisaga guvoh boʻlishimiz mumkin. Gap boʻlaklari oʻz oʻrnida kelgan, ya’ni oldin olmosh, keyin esa fe’l hamda ot. Keyingi misolga e’tibor qaratsak:
nu matrimoni napulitan, si accummenc oggi frnesc riman
[nu matrimoni napulitan, si akkumench ojj vrnesh riman]
Mashxur ashuladan olingan bu parchaning italyan tilidagi koʻrinishi quyidagicha:
Un matrimonio napoletana, se comincia oggi finisce domani
Neapolitan tilida ajoyib qoʻshiqlar yozilgan. Bunga misol qilib, hozirda ham mashxur hisoblangan “O sole Mio” qoʻshigʻi aynan neapolitan dialektida yozilgan. Qoʻshiq matni quyidagicha:
Che bella cosa na jurnata ‘e sole,
n’aria serena doppo na tempesta!
Pe’ ll’aria fresca pare gia’ na festa
Che bella cosa na jurnata ‘e sole.Ma n’atu sole
cchiu’ bello, oi ne’.
‘O sole mio
sta ‘nfronte a te!
‘O sole, ‘o sole mio
sta ‘nfronte a te,
sta ‘nfronte a te!Lùcene ‘e llastre da fenesta toia;
‘na lavannara canta e se ne vanta
e pe’ tramente torce, spanne e canta
lùcene ‘e llastre d’a fenesta toia.
Ma n’atu sole
cchiu’ bello, oi ne’.
‘O sole mio
sta ‘nfronte a te!
Quanno fa notte e ‘o sole se ne scenne,
me vene quase ‘na malincunia;
sotto ‘a fenesta toia restarria
quanno fa notte e ‘o sole se ne scenne.
Ma n’atu sole
cchiu’ bello, oi ne’.
‘O sole mio
sta ‘nfronte a te!
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]studyitaliano.ru - italyan tili o'rgatuvchi portal
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |