Nebraska universiteti tibbiyot markazi
davlat universiteti | |
Turi | xususiy universitet |
---|---|
Asos solingan sanasi | 1869-yil |
Prezidenti | Ted Carter |
Rektori | Jeffrey P. Gold |
Talabalari | 4,406 (2022-yil) |
Akademiklari | 5,242 (2022-yil) |
Joylashuvi |
Omaha , AQSh |
Kampusi | shahar |
Veb-sayti | unmc.edu |
Nebraska universiteti tibbiyot markazi (UNMC) Nebraska shtatining Omaha shahridagi sogʻliqni saqlash ilmiy markazidir. Markazga 1869-yilda asos solingan. Ilmiy markaz 1881-yilda xususiy tibbiyot kolleji sifatida tashkil etilgan.Tibbiyot markazi UNMC 1902-yilda Nebraska universiteti tizimining bir qismiga aylandi[1]. XX asr boshlarida Nebraska universiteti shifoxona, stomatologiya kolleji, farmatsiya kolleji, hamshiralik kolleji va tibbiyot kollejiga asos soldi. Keyinchalik unga sogʻliqni saqlash kolleji qoʻshildi.Nebraska universiteti va kollejlari Omahadagi eng yaxshi ish beruvchi tashkilotlardan biri hisoblanadi[2]. Nebraska universiteti tibbiyot markazining 2020-2021-yillar uchun yillik byudjeti 841,6 million dollar va iqtisodiy taʼsiri 4,8 milliard dollarni tashkil etadi[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xususiy tibbiyot kolleji Omahada shtat qonun chiqaruvchi organi tomonidan 1869-yilda tashkil etilgan va 1881-yilda Omaha tibbiyot kolleji sifatida tasdiqlangan[1]. Tibbiyot kolleji 1902-yilda Nebraska universiteti tizimining bir qismiga aylandi. 1917-yilda universitet kasalxonasi ochildi. 1968-yilda Nebraska universiteti sogʻliqni saqlash fanlarini birlashtirib, Nebraska universiteti tibbiyot markazi kampusini tashkil etdi. 1991-yilda UNeMed nomi bilan tanilgan transfer texnologiyalari boʻyicha ofis tashkil etildi. 1997-yilda UNMC kasalxonasi yaqin atrofdagi Bishop Clarkson kasalxonasi bilan birlashdi va keyinchalik Nebraska Medicine nomini oldi[4].
Ebola epidemiyasiga javob
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yilgi Ebola epidemiyasi paytida federal hukumat Nebraskani Qoʻshma Shtatlardagi yuqori darajadagi yuqumli kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarni qabul qilishga tayyor boʻlgan uchta birlikdan biri sifatida tanladi. Bugungi kunda UNMC va Nebraska Medicine mamlakatdagi eng yirik biokontaminatsiya boʻlimiga ega[5]. 2016-yilda UNMC AQSH Sogʻliqni saqlash va inson xizmatlari departamentining tayyorgarlik koʻrish va javob choralari boʻyicha yordamchi idorasi tomonidan 19,8 million dollar miqdoridagi grant bilan taqdirlandi[6]. Toʻrt yillik federal grant (qoʻshimcha 21 yilga qayta tiklanish imkoniyatiga ega) UNMCga federal sogʻliqni saqlash xodimlariga oʻta yuqumli kasalliklarni davolashda protseduralarni oʻrgatish imkonini beradi.
Nebraska universiteti tibbiyot markazi 2017-yilda Sogʻliqni saqlash xavfsizligi global markazini yaratdi. Markazni yaratishdan maqsad „yuqumli kasalliklarga qarshi kurash va biomudofaa tadqiqotlari“ ni oʻzgartirish va markazlashtirish hisoblanagan. Ushbu harakatning sabablari orasida viruslar, yuqumli kasalliklar va biologik terroristik hujum ehtimoli boʻlgan muhit haqidagi xavotirlar bor edi[7].
2016-yilda UNMC tadqiqotchilar guruhiga Milliy Sogʻliqni saqlash institutlari tomonidan tashkil etilgan Institutional Development Award (IDeA) dasturida umumiy qiymati qariyb 20 million dollar boʻlgan besh yillik tadqiqot granti berildi[8]. Grant birinchi marta tadqiqotchilarni mustaqil olimlar sifatida rivojlantirishga va mintaqa boʻylab klinik va tajribaviy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur boʻlgan infratuzilma va boshqa resurslarni rivojlantirishga qaratilgan. Grant Great Plains IDeA-CTR tarmogʻini yaratadi. Bu tarmoq toʻrtta shtatdagi toʻqqizta institutni oʻz ichiga oladi: Nebraska, Shimoliy Dakota, Janubiy Dakota va Kanzas [9]
SARS-CoV-2 epidemiyasiga javob
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yilda UNMC va Nebraska Medicine yangi SARS CoV-2 koronavirusi epidemiyasi vaqtida Xitoyning Uxan shahridan 57 amerikalikni evakuatsiya qilish boʻyicha federal operatsiyani qoʻllab-quvvatlash uchun jalb qilingan. Guruh Omaha yaqinidagi Nebraska milliy gvardiyasi joylashgan Camp Ashlandda karantin hududiga joylashtirildi[10]. 13 amerikalik 17-fevral kuni Yaponiya qirg‘oqlari yaqinidagi Diamond Princess orolidan Nebraska universiteti tibbiyot markaziga qaytarildi. Evakuatsiya qilinganlardan oʻntasi ijobiy sinovdan oʻtgan, yana uchtasida esa Covid-19 pandemiyasi aniqlangan[11]. Uch kundan keyin bu odamlarning oʻn bittasi ijobiy sinovdan oʻtdi. Milliy karantin markazida UNMC olimlari, doktor Edwin G. va Dorothy Balbach Devis toʻplangan dalillar bilan ish olib borishdi. Bu olimlar SARS-CoV-2 virusi havo orqali yuqishini aniqladilar[12][13]. UNMC AQShda COVID-19 bilan kasalxonaga yotqizilgan bemorlarni davolash uchun remdesivirdan foydalanish boʻyicha birinchi klinik sinovni oʻtkazdi[14]. UNMC goʻsht mahsulotlarini qadoqlash korxonalari, bolalar rivojlanish markazlari, sud tizimlari, K-12 taʼlimi va oliy taʼlimga COVID-19 xavfini kamaytirish va biznes faoliyatidagi uzilishlarni kamaytirishga yordam berish uchun bir qator qoʻllanmalar ishlab chiqdi[15]. UNMC olimlari ultrabinafsha nurlar yordamida N95 respiratorlarini zararsizlantirishning xavfsiz va samarali usulini ishlab chiqdilar[11].
Akademiklar va reytinglar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yilda UNMCning hamshiralik ishi boʻyicha bakalavr dasturi US News & World Report tomonidan 681ta hamshiralik dasturlari orasida 15-oʻrinni egalladi. UNMCning birlamchi tibbiy yordam dasturi 191 ta tibbiyot maktabining 6-tasi bilan bogʻlangan[16].
UNMC AQSH Davlat departamentining Taʼlim va madaniyat masalalari byurosi tomonidan 2019-2020 va 2020-2021-oʻquv yillari uchun Fulbright stipendiyasi boʻyicha AQShning eng yaxshi ishlab chiqaruvchi instituti deb topildi[17].
UNMC ning tadqiqotga sodiqligi natijasida 2017-yil iyun oyida ochilgan eng zamonaviy Durham tadqiqot minoralari va Fred & Pamela Baffett saraton markazi qoʻshildi[18]. 2021-moliya yilida tadqiqot, taʼlim va davlat xizmatlarini moliyalashtirish 228,5 million dollarni tashkil etdi. Federal tadqiqot grantlari 2020-2021-yillarda 163,9 million dollarni tashkil etdi[3].
Fred & Pamela Baffett saraton markazi, 370 million dollarlik loyiha 2017-yilda ochilgan[19]. Baffet saraton markazi UNMC ning asosiy klinik hamkori Nebraska Medicine bilan qoʻshma loyihasi hisoblanadi[20]. Baffet saraton markazi saraton kasalligiga bagʻishlangan uchta hududni oʻz ichiga oladi: Suzanne va Walter Scott tadqiqot minorasi, CL Werner saraton kasalxonasi va multidisipliner ambulatoriya davolash klinikasi[21].
Kollejlar va institutlar:
- Tibbiyot kolleji
- Stomatologiya kolleji, Nebraska shtatining Lincoln shahrida, Nebraska-Lincoln universitetining Sharqiy kampusida joylashgan.
- Hamshiralik kolleji
- Farmatsevtika kolleji
- Jamoat salomatligi kolleji
- Nebraska universiteti magistratura kolleji orqali magistratura dasturi
- Eppley saraton tadqiqotlari va yondosh kasalliklar instituti
- Munroe-Meyer nogironlkni bartaraf etish instituti
Kampusning oʻsishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Soʻnggi yillarda amalga oshirilgan loyihalarga quyidagilar kiradi[22]:
- Doktor Edwin G. va Dorothy Balbach Devis global markazi. 102 million dollarlik obyekt UNMCning iEXCEL tashabbusini oʻz ichiga oladi. Markaz ilgʻor simulyatsiya klinik sozlamalari va virtual immersiv texnologiyalarini oʻz ichiga oladi[23].
- Munroe-Meyer nogironlkni bartaraf etish instituti 86 million dollarlik taʼmirdan soʻng UNMCning asosiy kampusidan Pine koʻchasi yaqinidagi binoga koʻchib oʻtdi[24].
- Hamshiralik kollejining Lincoln boʻlimi. 41,5 million dollarlik muassasada UNMC hamshiralik kollejining Lincoln boʻlimi va Nebraska universiteti va Lincoln universiteti sogʻliqni saqlash markazi umumiy maydoni 100 000 kvadrat futga teng[25].
- 2010-yilda hamshiralik fanlari markazi[26] 43,000 kvadrat fut (4,000 m2) bino hamshiralik kollejiga koʻproq hamshiralik ishi boʻyicha talabalarni qabul qilish va koʻproq hamshiralar tayyorlash imkonini berdi.
- Harold M. va Beverly Maurer sogʻliqni saqlash markazi 2011-yilda Jamoat salomatligi kollejini uy bilan taʼminlash uchun ochilgan, 2007-yilda Nebraska oldida turgan turli muammolarni, jumladan salomatlikni mustahkamlash va kasalliklarning oldini olish, atrof-muhit tozaligi va xavfsizligi, parvarishlash, biologik xavfsizlik va biotayyorlik, sogʻliqni saqlash masalalarini hal qilish uchun qoʻshilgan[26].
- 2008-yilgi Weigel Williamson Vizual reabilitatsiya markazi, 1,2 million dollarlik markaz kattalar va koʻrish qobiliyati past bolalar uchun vizual reabilitatsiyani taʼminlaydi[27].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Praeger. American Universities and Colleges, 19th, ABC-CLIO, 2010 — 769-bet. ISBN 978-0-313-36608-6.
- ↑ „Largest Employers in Omaha“. Omaha World Herald. Qaraldi: 2014-yil 19-dekabr.
- ↑ 3,0 3,1 „Fast Facts“. University of Nebraska Medical Center. 2021-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-sentyabr.
- ↑ „Home - Nebraska Medicine Omaha, NE“. nebraskamed.com.
- ↑ „UNMC's Global Center for Health Security“. Nebraska Radio Network (2017-yil 7-iyun). 2017-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-iyun.
- ↑ Morton. „UNMC awarded 89.8 million to develop national training center for fighting Ebola, other infectious diseases“.
- ↑ Galford, Chris. „University of Nebraska reorganizes public health efforts to face future disease threats under central umbrella“ (en-US). Homeland Preparedness News (2017-yil 19-iyun). Qaraldi: 2017-yil 26-iyun.
- ↑ „$20 million research grant is largest ever for UNMC Andoza:Pipe UNMC“ (2016-yil 24-oktyabr).
- ↑ „GP IDeA-CTR – the Great Plains IDeA-CTR is a collaborative effort between nine regional institutions. The IDeA-CTR strives to provide training, education and mentorship; tools and resources; and funding to regional researchers“.
- ↑ KETV Staff Report. „Officials speak on bringing rescued Americans to Nebraska for quarantine amid coronavirus spread“. KETV (2020-yil 6-fevral).
- ↑ 11,0 11,1 „13 people, some of whom have tested positive for coronavirus, quarantined at Nebraska Med Center | Local | omaha.com“ (2020-yil 21-fevral). 2020-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-dekabr.
- ↑ Jaimie Etkin. „There's now proof these two things you do constantly spread covid“. MSN (2020-yil 22-iyul).
- ↑ Santarpia, Joshua L.; Rivera, Danielle N.; Herrera, Vicki L.; Morwitzer, M. Jane; Creager, Hannah M.; Santarpia, George W.; Crown, Kevin K.; Brett-Major, David M. et al. (July 29, 2020). "Aerosol and surface contamination of SARS-CoV-2 observed in quarantine and isolation care" (en). Scientific Reports 10 (1): 12732. doi:10.1038/s41598-020-69286-3. ISSN 2045-2322. PMID 32728118. PMC 7391640. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7391640.
- ↑ NIH staff Report. „NIH clinical trial of remdesivir to treat COVID-19 begins“. NIH (2020-yil 25-fevral).
- ↑ Duffy. „UNMC experts write playbook to help meatpackers prevent spread of coronavirus“. omaha.com (2020-yil 30-aprel).
- ↑ „University of Nebraska Medical Center - Best Medical Schools“. US News (2021). Qaraldi: 2022-yil 22-fevral.
- ↑ The Chronicle List (February 9, 2020). "Top Producers of Fulbright U.S. Scholars and Students, 2019-20". The Chronicle of Higher Education. https://www.chronicle.com/article/Top-Producers-of-Fulbright/248001/. Qaraldi: June 6, 2020.Nebraska universiteti tibbiyot markazi]]
- ↑ „Home - Cancer Center — University of Nebraska Medical Center“. unmc.edu.
- ↑ Dunker. „Buffett Cancer Center hopes to create new culture of patient treatment“. JournalStar.com.
- ↑ „Home — Nebraska Medicine Omaha, NE“. nebraskamed.com.
- ↑ „$323 million Buffett Cancer Center designed to spur collaboration between doctors, researchers“. Omaha World Herald. Qaraldi: 2019-yil 16-sentyabr.
- ↑ https://www.unmc.edu/publicrelations/media/growth.html/ (Wayback Machine saytida 2020-06-22 sanasida arxivlangan)>
- ↑ Center. „UNMC boldly goes where no generation has gone before in health care education“. Omaha.com.
- ↑ Henry J. Cordes World-Herald staff. „UNMC launches $86 million renovation for "unparalleled" center for those with disabilities“. Omaha.com.
- ↑ Service. „$44M collaboration gets UNL health, education center“. Kearney Hub.
- ↑ 26,0 26,1 Rick Ruggles / World-Herald staff. „298 million renovation of UNMC's Wittson Hall aims to make building "a Class A-type facility" again“. Omaha.com.
- ↑ „UNMC opens low vision center today Andoza:Pipe UNMC“ (2008-yil 15-aprel).