Kontent qismiga oʻtish

Nefertiti

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Nefertiti (qad. misrcha — sohibjamol kelmoqda) — miloddan avvalgi 14-asr boshidagi Misr malikasi (podshosi), Amenxotep IV ning xotini. Eri oʻtkazgan diniy islohotlarda ishtirok etganligi taxmin kilinadi; uning ismi islohotlardan soʻng Nefer — Neferu — Aton ("Atonning goʻzallar goʻzali") deb oʻzgartirilgan. 1912-yil Amarnada N.ning haykaltarosh usta Tutmes tomonidan nafis ishlangan haykallari topilgan (Qohira va Berlin muzeylarida saqlanadi).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil