Kontent qismiga oʻtish

Nefridiylar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Nefridiylar (yun. nephros — buyrak) — umurtqasiz hayvonlarning ayirish organi; osmoregulyasiya, moddalar almashinuvi mahsulotlarini, baʼzan jinsiy mahsulotlarni organizmdan chiqarish funksiyasini bajaradi. Nefridiylar Koʻp marta tarmoklangan epiteliy naychalaridan yoki naychalar sistemasidan, tuban koʻp tukli halqalilarda esa har bir boʻgʻimda bir juftdan joylashgan metanefridiylardan iborat. Har bir metanefridiy nayining voronkaga oʻxshash kengaygan uchi tana boʻshligʻida joylashgan. Nay burilib, navbatdagi boʻgʻimga oʻtadi va teri yuzasiga ochiladi. Nefridiylar. soni 1 dan bir necha 100 tagacha boʻlishi mumkin. Birmuncha sodda tuzilgan protonefridiylarning tanasi ichida joylashgan qismi yopiq solenositlardan iborat. Metanefridiylarda solenotsitlar boʻlmaydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil