Kontent qismiga oʻtish

Neft gazlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Neft gazlari - neft bilan birga chiqadigan uglevodorod gazlari, shuningdek, neftni qayta ishlash paytida hosil boʻladigan gazlar. 1 m3 hajmdagi N. g. tarkibida 100—150 g benzin fraksiyalari boʻladi. Yonish issikligi 29-38 MJ/m3 (7000-9000 kkal/m3). N.g. ning alohida xususiyatlaridan biri — tarkibida metandan tashqari etan, propan, butan va ogʻir uglevodorodlar bugʻlarining mavjudligidir. Aksari N.g.da qoʻshimchalar sifatida vodorod sulfid va yonmaydigan komponentlar (azot, uglerod (U1)oksid, argon va geliy) uchraydi (yana qarang Gazlar).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil