Negativizm
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Negativizm — oliy nerv faoliyatining buzilishi belgilaridan biri. Bunda bemor oʻrinsiz ravishda tashqi taʼsirotlarga qarshilik koʻrsatadi. Passiv va aktiv negativizm farq qilinadi. Passiv negativizmda bemor talab qilinayotgan harakatni oʻjarlik bilan bajarmaydi. Aktiv negativizmda kishi talab qilinayotgan harakatning aksini qiladi. negativizm aksariyat shizofreniyaning katatonik shaklida kuzatiladi. Baʼzi bolalar va oʻsmirlarda notoʻgʻri tartib oqibatida yuzaga keladigan negativizmni patologik negativizmdan farq qila bilish kerak. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |