Kontent qismiga oʻtish

Negiz

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Negizsoʻzning shaklini hosil qilish uchun asos boʻlib xizmat qiladigan til birligi; soʻzning "oʻzak + yasovchi qoʻshimcha" shaklidagi qismi (ish — oʻzak, chi — soʻz yasovchi qoʻshimcha, demak: ishchi — negiz), undan keyin qoʻshiladigan qoʻshimchalar soʻzning grammatik shaklini hosil qiladi. N.ning hosil boʻlishi yangi lugʻaviy birlik bilan aloqador. Oʻzbek tilida qoʻshimchalar oʻzakdan keyin qoʻshiladigan xususiyatga ega boʻlganligidan, N. asosan "oʻzak + yasovchi qoʻshimcha" shak-lida boʻladi, lekin boshqa tillardan kirgan old qoʻshimchalar mavjudligi va bu qoʻshimchalarning soʻz yasovchilarga mansubligi N.ning "old qoʻshimcha + oʻzak" (badavlat), shuningdek, "old qoʻshimcha + oʻzak + yasovchi" (notinch) shakllari ham borligini koʻrsatadi. Demak, N. morfemalarning qoʻshilishidan hosil boʻladi, yaʼni qoʻshimcha or-qali oʻzakdan N. yaratiladi yoki bir N.dan boshqa N. hosil qilinadi (Mas, temirchilik soʻzida temir + chi = birlamchi N., temirchi + lik ikkilamchi N. N. va yasama soʻz tushunchalari oʻzaro aloqador, lekin boshqa-boshqa hodisalardir. Baʼzi adabiyotlarda asos, oʻzak-negiz terminlari ham N. soʻzining si-nonimi sifatida qoʻllanadi.

Nemat Mahkamov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil