Kontent qismiga oʻtish

Neil Taylor (futbolchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neil John Taylor (1989-yil 7-fevralda tugʻilgan) Uelslik sobiq professional futbolchi boʻlgan shuningdek, chap qanot himoyachi boʻlgan va hozirda Gulf Unitedning menejeri boʻlib faoliyat olib bormoqda.

Neil 2007-yilda faoliyatini Wrexham klubida boshlagan shu bilan birga, 2010-yilda £ 150,000 evaziga Swansea City klubiga koʻchib oʻtgan. Neil 2017-yil yanvar oyida Jordan Ayewga oʻrinbosar sifatida Aston Villa klubiga chaqirilgan va bu klubda jami 103 marta maydonga tushgan. Aston Villa bilan shartnomasi tugagandan soʻng, 2021-yil noyabr oyida Middlesbrough klubi bilan shartnoma imzolagan.

Taylor 2010-yilda Uels terma jamoasida xalqaro debyutini amalga oshirgan shuningdek, 2019-yilgacha 43 marta maydonda harakat qilgan. Neilning jamoasi UEFA Euro 2016 yarim finalgacha yetib borgan jamoalarning biri boʻlgan hamda, 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlari Buyuk Britaniya mamlaktida oʻtkazilgan.

Swansea Cirydagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Taylor 2011-yil Swansea City klubida toʻp surayotgan vaqtda

2009 va 2010-yilgi mavsum oxirida Taylor Championshipdagi Swansea City klubiga hech qanday mablagʻsiz kelib qoʻshilgan[1]. 2010-yil 30-sentabr kuni 150 ming funt sterling shuningdek, kelajakdagi foydaning 10 foiziga egalik qilish sharti bilan futbolchi va klub oʻrtasida ikki tomonlama qayta kelishuvga erishilgan[2][3]. Neil 21-avgust kuni Norvich Sity bilan kechgan 2:0 hisobidagi magʻlubiyatli oʻyinda, oʻyinning yarmida Albert Serranning oʻrniga maydonga tushgan. Bu esa Neilning „Oqqushlar“ safidagi ilk oʻyini boʻlgan. U 2011-yil 1-yanvarda „Reding“ klubiga qarshi harakat qilgan oʻyinda toʻpigʻidan jarohatlangan. Neil 19-fevral kuni Donkaster Roversga qarshi kechgan oʻyinda nmaydonga qaytgan. 12-may kuni Chempionship yarim finalining „Nottingem Forest“ga qarshi birinchi oʻyinida Neil Lyuis MakGuganga kuchli zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan shuningdek, bu oʻyin golsiz durang bilan yakunlandi[4].

Aston Villa klubidagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stiven Kingsli va Martin Olsson „Aston Villa“ning chap qanot himoyasida muammo borligini taʼkidlab oʻtgandan soʻng, 2017-yil 31-yanvarda Neil Jordan Ayew uchun oʻrinbosar sifatida taxminan 5 million funt sterling evaziga „Aston Villa“ klubiga jalb etilgan[5]. Aston Villa kubi oʻz uyida Ipsvich Taun klubiga 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda, Neilning yonoq suyagi singani bois, himoya niqobini taqqan holda 77 daqiqa maydonda harakat qilgan. Yordamchi murabbiy Stiv Bryus Neilning jarohati va yetarli oʻyin amaliyoti berilmagan boʻlishiga qaramay maydonda juda yaxshi oʻynaganini aytdi[6].

2017-yil 30-sentabrda Neil Bolton Vanderers futbolchisi Adam Le Fondrega qarshi qoʻpol oʻynagani uchun 1-0 hisobida kechgan gʻalabali oʻyinning yakunida hakam tomonidan chetlatildi[7]. Neil 2018-yilgi EFL Chempionatining play-off finalida jarohati sababli, Aston Villa jamoasining tarkibiga kiritilmagan shuningdek, finalni oʻtkazib yuborgan[8][9].

Jarohatlari tufayli Neil 2019-2020-yillarda 14 ta Premier League oʻyinlarini oʻtkazib yuborishga majbur boʻlgan. Keyingi mavsumda Neil Manchester City klubiga oʻtgan va klub safida faqatgina 15 daqiqa Matt Targetning orniga maydonga tushgan shu bilan birga, shartnomasi yakunida jamoadan ketgan[10][11].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Neil Denbighshirning Sent Asaf shahrida tugʻilgan, ammo yaqin Ruthin shahrida katta boʻlgan[12], Ruthin shahridagi Ysgol Brynhyfryd maktabida oʻqigan[13]. Neilning kelib chiqishi uels-bengal boʻlgan[14] [15]; chunki uning onasi Shibani Chakraborti Kalkuttadan hindistonlik bengal boʻlgan, otasi Jon Teylor esa uelslik boʻlgan. „Suonsi“da oʻynab yurgan davrlarida turmush oʻrtogʻi Genna hamda ularning ikki farzandi bilan Suonsidagi Killay shahrida yashashgan. 2016-yil Neil va uning turmush oʻrogʻi Genna bilan British Heart Foundation jamgʻarmasi tomonidan sotiladigan minglab funt sterlinglik turli xil buyumlarni sotib olishgan hamda, ularni nochor oilalarga sovgʻga qilishgan[16].Teylor futbolni keng miqyosda tarqatish uchun Hindistonga boradi. Hindistonliklar Neilning ismini eshitib hayratalanganini aytib oʻtgan[17]. Teylor Ruthin Town futbol klubining prezidenti boʻlgan[18].

  1. „Swans agree terms with Neil Taylor“. Swansea City A.F.C (2010-yil 30-iyun). Qaraldi: 2010-yil 1-iyul.
  2. „Wrexham FC want compensation tribunal after Neil Taylor signs for Swansea City“. Daily Post (2010-yil 1-iyul). 2012-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-iyul.
  3. „Swansea agree Neil Taylor compensation“. BBC Sport (2010-yil 30-sentyabr). 2017-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-oktyabr.
  4. Shuttleworth, Peter. „Nott'm Forest 0–0 Swansea“. BBC Sport (2011-yil 12-may). 2018-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-may.
  5. „Jordan Ayew: Swansea sign Aston Villa forward in Neil Taylor swap deal“ (2017-yil 31-yanvar). 2017-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-yanvar.
  6. Kendrick, Mat. „Aston Villa's Neil Taylor: Steve Bruce gives his verdict on the debutant“. Birmingham Mail (2017-yil 11-fevral). 2017-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-oktyabr.
  7. Maher, Matt. „Aston Villa 1 Bolton 0“. Express & Star (2017-yil 30-sentyabr). 2017-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-oktyabr.
  8. Wathan, Chris. „Neil Taylor: Wales' Aston Villa defender's highs and lows“. BBC Sport (2019-yil 26-may). 2020-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-fevral.
  9. Edwards, Harry. „Every player rated as El Ghazi helps Villa overcome Derby in Championship play-off final“. Squawka (2019-yil 27-may). 2021-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-fevral.
  10. Murray, Scott. „Man City 2–0 Aston Villa“. The Guardian (2021-yil 20-yanvar). 2021-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-yanvar.
  11. Watson, Chris. „Aston Villa man sends brilliant farewell message“. Birmingham Mail (2021-yil 28-may). 2022-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-yanvar.
  12. Williams, Aled. „Euro 2016: Wales players in the eyes of their families“. BBC News (British Broadcasting Corporation) (2016-yil 9-iyun). 2016-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-iyun.
  13. „Euro 2016: Wales defender Neil Taylor's wife predicts winners with sticker book“. BBC Sport (2016-yil 20-may). 2016-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-iyun.
  14. „Football in India is growing – Swansea City's Neil Taylor“. Goal.com (2012-yil 17-fevral). 2012-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-may.
  15. „Wales defender with Kolkata roots stamps his class on Euro“. The Times of India (2016-yil 22-iyun). 2016-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-iyun.
  16. „Welsh football star Neil Taylor donates thousands of pounds worth of plush furniture to charity“. Wales Online (2016-yil 5-iyun). 2016-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-iyun.
  17. Din. „Why is Swansea's Neil Taylor the only British Asian in the Premier League?“. Daily Mirror (2015-yil 13-noyabr). 2018-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-mart.
  18. Evans, Arron. „Ruthin Town FC president Neil Taylor survived relegation from the Premier League with Aston Villa on Sunday“. The Denbighshire Free Press (2020-yil 27-iyul). 2020-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-fevral.