Nemis ovcharkasi
Nemis ovcharkasi — xizmatchi itlarning zoti boʻlib, 1899-yilda Germaniyada paydo boʻlgan[1]. Nemis ovcharkalari dastlab cho'pon itlari sifatida ishlatilgan. Hozirgi vaqtda nemis ovcharkalari nogironlarga yordam berishadi, qidiruv-qutqaruv ishlarida qatnashadilar, politsiya va armiyada xizmat qiladilar, filmlarda rol o'ynaydilar[2].
Ko'pincha qo'riqchi itlar sifatida huradigan zotlar ro'yxatida mazkur zot ikkinchi o'rinda turadi[3].
Zot standarti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nemis ovcharkalari o'rtacha va katta tuzilishga ega bo’lgan itlardir. Boshining yuqori qismidan hisoblaganda, koʻppaklarining balandligi 60-65 sm (24-26 dyuym) va urgʻochi itlar esa 55–60 sm (22–24 duym)ni tashkil qiladi. Nemis ovcharkalarida tana uzunligining boʻyiga nisbati 10: 8 1 ⁄ 2 ni tashkil qiladi.
Nemis ovcharkalari ko'pincha jigarrang-qora yoki malla-qora rangga ega boʻladi. Juni oʻrtacha uzunlikda, junining quyi qismi zich tuzilishgag ega.[4]
Nemis ovcharkalarining o'rtacha umri 10,95 yilni tashkil qiladi.[5]
Sogʻligʻi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vijdonan yondashilmagan naslchilik faoliyati tufayli bu zotda son displaziyasi (19,1%) va degenerativ mielopatiya (36%) kabi tug'ma kasalliklar darajasi ancha yuqori.[6][7] Miyelopatiyani veterinariya klinikasida soʻlakning DNK testi bilan aniqlash mumkin. Shuningdek, nemis ovcharkalarida qon ivishi meʼyorining buzilishi, oshqozon osti bezi bilan bog'liq muammolar hamda panjalarning yostiqchalarida yorilish holatlari kuzatilishi mumkin.[8][9]
Nemis ovcharkasining sog'lig'ini yaxshi saqlash uchun itning oziqlanish ratsionida kaltsiy, A va D vitaminlari, omega-3 va glyukozamin miqdorini kuzatib borish muhimdir.[10]
Temperament
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taomilga koʻra, nemis ovcharkalari "muvozanatli xarakterga ega, kuchli asab tizimiga ega, o'ziga ishongan, mutlaqo tabiiy, butunlay yaxshi xulqli, ammo diqqatli va nazoratli bo'lishi kerak".[11]
Nemis ovcharkasi bolalar bilan juda yaxshi chiqishadi. Biroq, jarohatlar va baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida, nemis ovcharkasini bolalar bilan yolg'iz qoldirib boʻlmaydi.
Gallereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Nemets ovcharkasi
-
Nemets ovcharkasi
-
Nemets ovcharkasi
-
Nemets ovcharkasi (12 yosh)
-
Nemets ovcharkasi oʻzining ikki kunlkk bolasi bilan
-
Nemes ovcharkasining bolasi
-
Nemets ovcharkasining bolasi (9 haftalkk)
-
Nemets ovcharkasi (3 oylik)
-
Nemets ovcharkasi (14 haftalik)
-
Ikki nemets ovcharkasi
-
Nemets ovcharkasi
-
Nemets ovcharkasi
-
Nemets ovcharkasi
-
Nemets ovcharkasi
-
Nemets ovcharkasi
-
Uzunyungli nemets ovcharkasi (yosh)
-
Nemets ovcharkasi
-
Nemets ovcharkasi
-
Nemets ovcharkasi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „German Shepherd Dog History: Origins of the Working Breed“. akc.org. Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ „German shepherd dogs in the military: a brief historical overview“. mwdtsa.org. Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ „The intelligence of dogs“. archive.org. Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ „German Shepherd Dog“. akc.org. Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ „German Shepherd Lifespan – How Long Do German Shepherd Dogs Live?“. thehappypuppysite.com. Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ „Identification and Validation of Quantitative Trait Loci (QTL) for Canine Hip Dysplasia (CHD) in German Shepherd Dogs“. ncbi.nlm.nih.gov. Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ „Effect of Glucosamine Sulfate on Osteoarthritis in the Cruciate-Deficient Canine Model of Osteoarthritis“. ncbi.nlm.nih.gov. Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ „10 Best Dog Paw Balms of 2021: Reviewed by Experts“. boneandyarn.com. 2021-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ „Von Willebrand's Disease in Dogs“. petcoach.co. Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ „A prospective, randomized, double blind, placebo-controlled evaluation of the effects of eicosapentaenoic acid and docosahexaenoic acid on the clinical signs and erythrocyte membrane polyunsaturated fatty acid concentrations in dogs with osteoarthritis“. doi.org. Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
- ↑ „German Shepherd Dog“. wusv.org. Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.