Kontent qismiga oʻtish

Nemischa—ruscha—oʻzbekcha frazeologik lugʻat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nemischa—ruscha—oʻzbekcha frazeologik lugʻat
Asl nomi Nemischa – ruscha - oʻzbekcha frazeologik lugʻat
Muallif(lar) M.I.Umarxoʻjayev, K.N.Nazarov
Mamlakat O'zbekiston Toshkent
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i lugʻat
Nashr etilgan sanasi 1994
Nashriyot “Oʻqituvchi”
Sahifalar soni 160 bet
ISBN 5-645-020322-6

Nemischa—ruscha—oʻzbekcha frazeologik lugʻat – mazkur oʻquv frazeologik lugʻati har uchala tilga doir bo’lgan 700 dan ziyod turli xil strukturaviy tuzilishga ega boʻlgan turgʻun soʻz birikmalarini oʻz ichiga oladi.

Oʻquv frazeologik lugʻatda berilgan har bir nemis tilidagi turgʻun soʻz birikmasi avval oʻsha tilda talqin qilingan, soʻngra uning oʻzbek va rus tillaridagi mos keluvchi muqobil tarjimalari berilgan. Ayrim koʻp ma’noli frazeologizmlarning ma’nosi har uchala tilda ham ularning bir necha variantlari berilgan.

Oʻquv lugʻatining maqsadi oʻquvchi va talabalarning ogʻzaki yoki yozma nutqini emotsianal va ekspressiv til boyligidan foydalanishga qaratilgan boʻlib, har bir frazeologizmning nutqda ifodalanishi rus va oʻzbek tiliga qilingan tarjimadan soʻng nemis tilida turli xil gaplarda berilgan. Gaplar badiiy adabiyotlardan hamda ogʻzaki nutq shakllaridan olingan.

Masalan:

von A bis Z (umg.)

von Anfang bis zum Ende

разг. от начала до конца: = от доски до доски; от А до Я

boshdan oyoq, ipidan ignasigacha, miridan sirigacha

Er hat mir die Geschichte von A bis Z erzählt.

Mazkur oʻquv frazeologik lugʻatdan chet tilini oʻrganayotgan barcha yoshdagi oʻquvchilar foydalanishi mumkin.

M.I.Umarxoʻjayev, K.N.Nazarov, Nemischa – ruscha - oʻzbekcha frazeologik lugʻat, “Oʻqituvchi” 1994, 160 bet